USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putinning NATO bilan uruşi nimalarga olib keladi?

135 марта

Putinning NATO bilan uruşi nimalarga olib keladi?

Rossiya NATO davlatlariga qarşi uruşga ikki yildan beş yilgaça muddatda tayyor bölişi va bu uruş jahon iqtisodiyotiga 1,5 trln dollarga tuşişi mumkin. Bu haqda “Bloomberg Economics” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin orzu qilayotgan sovet qudratini tiklaş yölidagi navbatdagi agressiyaning ehtimoliy nişoni Boltiqböyi respublikalari bölişi mumkin. Hatto agar AQŞ Prezidenti Donald Trampning administratsiyasi NATOdagi ittifoqçilarini qöllab-quvvatlamasa ham, ularning himoyasiga boşqa Yevropa davlatlari çiqadi.
“Bloomberg” tahlilçilari tomonidan Putinning yana bir uruşi jahon iqtisodiyotiga qanday zarar yetkazişi mumkinligi hisoblab çiqilgan. Unga köra, uruş harakatlari zonalaridagi vayronagarçiliklar, Rossiyadan taminot töxtaşi sababli energiya narxlarining oşişi, moliya bozorlaridagi qulaş oqibatida global YaIM birinçi yildayoq 1,3 foizga yoki 1,5 trillion dollarga kamayişi mumkin. Bu 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga töliq bostirib kirişi oqibatidagi global YaIMdagi 1,5 foizlik yöqotişlarga teng.
Biroq yöqotişlar teng taqsimlanmaydi. Eng katta zarbani Boltiqböyi davlatlari oladi – ularning YaIM 43,4 foizga tuşişi mumkin (soliştiriş uçun – Xalqaro Valyuta Jamğarmasi malumotiga köra, 2022 yilda Ukrainada bu körsatkiç 28,8 foiz bölgan). Uruşga jalb qilinişi mumkin bölgan boşqa Yevropa davlatlari, jumladan, Finlyandiya, Şvetsiya, Polşa va Germaniya ham sezilarli zararga duç keladi.
“Bloomberg” malumotiga köra, Yevroittifoqning umumiy YaIMi 1,2 foizga qisqaradi: mudofaa xarajatlarining oşişi energiya narxlari, infratuzilma zararlari va bozor silkinişlari tufayli yuzaga keladigan yöqotişlarni bir qadar yumşatadi.
Rossiya esa öz iqtisodiyotidan 1 foiz yöqotadi, çunki mamlakat allaqaçon sezilarli darajada yakkalangan, sanktsiyalarga moslaşgan va iqtisodiy pasayiş harbiy sanoat orqali qisman qoplangan böladi. AQŞda moliyaviy bozorlar notinçligi YaIMning 0,7 foizini, Xitoyda esa moliyaviy şaroitlarning keskinlaşişi va energiya narxlarining oşişi 0,8 foiz YaIMni “olib qöyadi”.
Agar uruş boşqa Yevropa davlatlariga yoyilsa, yöqotişlar ança ortadi. AQŞning tezkor harbiy yordamisiz mojaro keskinlaşişi mumkin. Rossiya Boltiqböyi davlatlariga qöşin kiritişga urinsa, Boltiq dengizi ustidan nazoratni qölga kiritmoqçi bölsa yoki Kaliningrad viloyatini Belarus bilan boğlovçi Suvalkiy yölagini (Litva va Polşa orasidagi hudud) egallaşga harakat qilsa, yaqin atrofdagi Yevropa davlatlari uruşga kirişadi. Rossiya esa Yevropadagi harbiy bazalarga, infratuzilma obektlari va şaharlariga raketa hujumlari uyuştirişi, quvurlar va aloqa kabellariga zarar yetkaziş maqsadida amaliyotlar ötkazişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: