USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

24 soat tuproq ostida qolgan 11 oylik çaqaloq tirik holda topildi

318 марта
24 соат тупроқ остида қолган 11 ойлик чақалоқ тирик ҳолда топилди

AQŞning Janubiy Karolina ştatida qariyb 24 soat davomida tuproq ostida qolgan 11 oylik çaqaloq tirik holda topildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Voqea keça, 10 noyabr kuni sodir bölgan. Koa Şarp ismli çaqaloq onasining uyida otasi Maykl Komerning qaramoğida qolgan. Ona yumuş bilan taşqariga çiqqanidan söng bola bedarak yöqolgan. Bu haqda xabar berilişi bilan politsiya va qutqaruvçilar keng kölamli qidiruv işlarini boşlagan.

Qidiruv guruhi çaqaloqni Komerning otasiga tegişli uydan taxminan 45 metr uzoqlikdagi örmon hududidan topgan. U yerda yaqinda kovlangan tuproq izlari aniqlangan. Çaqaloq soçiqqa öralgan holda itlar qafasi içiga joylaştirilib, sayoz çuqurlikka kömilgan bölgan.

Leksington okrugi şerifi Jey Kun matbuot anjumanida çaqaloqning yiğisini eşitiş qidiruvçilar uçun eng quvonçli lahza bölganini aytgan.

“Biz 11 oylik Koani tirik, hayot uçun kuraşayotgan va yiğlayotgan holatda topdik. Çaqaloqning yiğisini eşitişdan ortiq quvonçli ovoz yöq“, degan u.

Malum qilinişiça, bolaning otasi Maykl Komer joriy yilning 9 noyabr kuni keçqurun öğrilik va hibsga olişga qarşilik körsatişda gumonlanib qölga olingan. Şerifning aytişiça, unga qöşimça ayblovlar qöyiş masalasi prokuratura bilan muhokama qilinmoqda.

Hozirda çaqaloq şifoxonada. Şifokorlar uning soğayib ketişiga umid qilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yaşar bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topilgan edi. Uni öldirişda gumonlanib, 27 yoşli qarindoşi qölga olingan. Politsiya malumotiga köra, erkak köproq pul topiş maqsadida bolaning azolarini sotişni rejalaştirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: