Nepalda vayronalar ostidan yana 2 kişi tirik holda topildi
Nepalda joriy yilning 26 avgust kuni yuz bergan vayronkor toşqinlardan 10 kun ötib, qutqaruvçilar 2 kişini tirik holda topdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilişiça, ulardan biri gidroelektr stantsiyasi tunnelidan, ikkinçisi esa vayron bölgan uydan olib çiqilgan.
Naşrga köra, qutqarilgan xitoylik erkak Trişuli gidroelektr loyihasidagi 225 metr uzunlikdagi tunneldan olib çiqilgan. Nepal harbiylari va Janubiy Koreyalik tabiiy ofatlar böyiça mutaxassislardan iborat guruh uni tunnel içidan topib, vertolyotda evakuatsiya qilgan. Şu bilan Trişuli loyihasidan tirik qutqarilgan işçilar soni uçtaga yetgan.
Yana bir ayol toşqindan zarar körgan Nuakot şahridagi vayron bölgan uy içidan tirik holda topilgan. Qutqaruvçilar uni loy bilan qoplangan holatda aniqlagan va xavfsiz joyga olib çiqqan. Ayol davolaniş uçun Katmanduga yetkazilgan.
Ayni paytda qutqaruv işlari Nepal böylab joylaşgan 12 ta gidroelektr loyihasida davom etmoqda. Rasmiylarga köra, uşbu obektlarda qariyb 900 nafar işçi bedarak yöqolgan, 500 ga yaqin kişi esa turli tunnellarda qolib ketgan bölişi mumkin. Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va AQŞdan kelgan maxsus guruhlar vayronalar va tunnellardan omon qolganlarni izlamoqda.
Nepal tabiiy ofatlarni boşqariş agentligi malumotlariga köra, 26 avgustdagi toşqinlarda kamida 1 300 kişi halok bölgan, 5 mingdan ortiq odam esa bedarak yöqolgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nepalda gidroelektr stantsiyasi tunnelida qolib ketgan ikki işçi töqqiz kundan söng tirik holda qutqarilgan edi.