WhatsApp qahramonlari: Nepaldagi fojiada muhandislar tarmoq orqali qutqaruvçilarga yordamlaşmoqda
Nepalda vayronkor sel oqibatlarini bartaraf etiş va gidroelektr stantsiyalari tunnellarida qolib ketganlarni qidiriş işlarida 500 dan ortiq muhandisdan iborat WhatsApp guruhi qutqaruvçilarga real vaqtda texnik kömak bermoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, muhandislardan taşkil topgan guruh 26 avgust kuni Trişuli vodiysida sodir bölgan kuçli seldan oldin tuzilgan bölib, fojiadan keyin uning azolari soni 500 nafardan oşgan. Ular qutqaruvçilarga tunnellarning tuzilişi, texnik çizmalar va ehtimoliy tirik qolganlar joylaşişi mumkin bölgan hududlar haqida malumot bermoqda.
Sel oqimi oqibatida 1200 dan ortiq odam halok bölgan, 4000 dan ziyod kişi bedarak yöqolgan. Ayniqsa, gidroelektr stantsiyalaridagi tunnellarda qolib ketgan işçilarni qidiriş qutqaruv operatsiyalarining asosiy yönalişlaridan biriga aylangan.
Rasmiy malumotlarga köra, oltita gidroelektr stantsiyasida qariyb 900 kişi bedarak yöqolgan. Ayrim stantsiyalar hali quriliş jarayonida bölgani uçun tunnellar va yerosti inşootlarining tuzilişi haqidagi muhandislik malumotlari qutqaruvçilar uçun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sel millionlab tonna loy, toş va boşqa çiqindilarni vodiy böylab oqizib ketgan. “Reuters” malumotlariga köra, falokat hududiga taxminan 2,2 million tonna loy töplangan va bu tunnellarning avvalgi holatini sezilarli darajada özgartirgan. Şu sababli qutqaruvçilar ayrim inşootlarga kirişda jiddiy qiyinçiliklarga duç kelmoqda.
Muhandislar qutqaruv guruhlariga tunnellarning sxemalari, xodimlarning oxirgi malum bölgan joylaşuvi va inşootlarning ehtimoliy xavfli qismlari haqida malumot yubormoqda. Bu malumotlar qutqaruvçilarga vayronalar orasida harakatlaniş va tirik qolganlarni izlaş yönalişini belgilaşda yordam beryapti.
Ayrim qutqaruvçilar va yaqinlar tunnellar içida odamlar tirik qolgan bölişi mumkinligidan umid qilmoqda. Xususan, Çilime va Rasuvagadxi gidroelektr stantsiyalarida ayrim odamlar oziq-ovqat va suvga ega bölgan maxsus xonalarda panoh topgan bölişi mumkin. Hozirça uşbu joylarda tirik qolganlar aniqlangani haqida tasdiqlangan malumot yöq.
Eslatib ötamiz, Nepaldagi fojia 26 avgust kuni muzlikning yemirilişi ortidan yuzaga kelgan kuçli sel oqimi bilan boşlangan. Tabiiy ofat Trişuli vodiysi va Nepal–Xitoy çegarasiga yaqin hududlarga katta zarar yetkazgan, qişloqlar, yöllar, köpriklar va energetika obektlari vayron bölgan.