USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nepal qidiruv-qutqaruv emas, texnik yordamga muhtoj – TIV rahbari

57 марта
Непал қидирув-қутқарув эмас, техник ёрдамга муҳтож – ТИВ раҳбари

Nepal Xitoy bilan çegaradoş hududlarda yuz bergan vayronkor suv toşqinlaridan söng xorijiy davlatlardan qidiruv-qutqaruv guruhlarini yuborişni emas, balki texnik va maxsus yönalişlarda yordam berişni söramoqda. Bu haqda Nepal Taşqi işlar vaziri Şisir Xanal “Reuters” agentligiga malum qildi.

Joriy yilning 25 avgust kuni muzliklarning qulaşida söng Himolay toğlaridagi daryo tizimlari böylab ulkan toş, muz, loy va boşqa çiqindilar oqimi yuzaga kelgan. Tabiiy ofat Nepal va Xitoyning Tibet hududida 600 dan ortiq kişining hayotiga zomin bölgan, 2 mingdan ortiq odam esa bedarak yöqolgan.

Suv toşqini Xitoy çegarasi yaqinidagi hududlarni vayron qilib, butun boşli şaharçalarni yakson qilgan hamda gidroelektr stantsiyalariga zarar yetkazgan.

“The Kathmandu Post” naşrining xabar berişiça, Hindiston, Xitoy, AQŞ, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Şri-Lanka va Bangladeş hukumatga öz qidiruv-qutqaruv guruhlarini yuborişni taklif qilgan.

Biroq Şisir Xanalning aytişiça, Nepalga umumiy qidiruv-qutqaruv işlarida xorijiy yordam kerak emas. Mamlakatning öz qutqaruvçilari bu işlarni amalga oşirmoqda.

“Bizda yetarli tajriba va texnik bilim bölmagan sohalarda ixtisoslaşgan xizmatlar va texnik yordam söradik”, degan vazir.

Qayd etilişiça, Nepal tonnellarda qolib ketgan odamlarni qutqariş, vayron bölgan köpriklar sabab uzilgan transport va aloqa tizimlarini tiklaş, halok bölganlarning şaxsini aniqlaş, DNK testlarini ötkaziş hamda jasadlarni uzoqroq muddat saqlaş böyiça yordamga muhtoj.

Hindiston va Xitoydan esa tabiiy ofat oqibatida vayron bölgan hududlarda transport va aloqani tezroq tiklaş uçun köpriklar söralgan. Malumotlarga köra, hududda qariyb 24 ta köprik vayron bölgan.

Nepal TIV keça, 27 avgust kuni mamlakat qutqaruv işlarini hozirça mustaqil ravişda olib bora olişini bildirgan va xorijiy qutqaruvçilarning iştirokini rad etgan. Xanalning takidlaşiça, bunga sabab xorijiy guruhlarning Nepal qutqaruvçilari bajarayotgan işlarni takrorlaşiga ehtiyoj yöqligidir.

Nepal qutqaruv xizmati vakillariga köra, köplab jasadlar suv oqimi bilan oqib ketgan. Ularning bir qismi ofat markazidan qariyb 100 kilometr uzoqlikdagi Çitvan va Navalparasi hududlaridan topilgan.

“Bu hududlardan yana köplab jasadlar topilişi mumkin. Şifoxonalar jasadlar bilan tölib ketgan, ularni saqlaş uçun sovutkiçlar yetişmayapti”, degan Xanal.

Nepal rasmiylariga köra, suv toşqini maktablar, şifoxonalar, gidroelektr stantsiyalari, yöllar, köpriklar va boşqa infratuzilmalarga katta zarar yetkazgan. Kelgusida mamlakatga vayron bölgan hududlarni tiklaş va aholini reabilitatsiya qiliş uçun ham xorijiy yordam kerak bölişi mumkin.

Xanalning sözlariga köra, ayrim odamlar gidroelektr stantsiyalarining tonnellarida qolib ketgan bölişi mumkin. Nepal tonnellarda qutqaruv işlarini olib boriş böyiça katta tajribaga ega emas va bunday operatsiyalar uçun maxsus uskunalar hamda texnik bilimlarga muhtoj.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nepalning Rasuva, Nuvakot va Dxading tumanlariga yopirilgan vayronkor sel oqimi oqibatida kamida 17 ming nafar bola jabr körgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: