USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nepaldagi ofat qurbonlari 1200 dan oşdi

63 марта
Непалдаги офат қурбонлари 1200 дан ошди

Nepal va Xitoy çegarasida joriy yilning 26 avgust kuni yuz bergan kuçli suv toşqinlari va köçkilar oqibatida halok bölganlar soni 1 252 nafarga yetdi. Qariyb 4 800 kişi bedarak yöqolgan. Bu haqda “New Straits Times” xabar berdi.

Nepal Tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş va boşqariş milliy boşqarmasi malumotlariga köra, mamlakatda 1 252 kişining jasadi topilgan. Yana 5 135 kişi jarohat yoki soğliği bilan boğliq muammolar sabab tibbiy nazoratga olingan, ulardan 301 nafari turli şifoxonalarda davolanmoqda.

Suv toşqinlari sodir bölgan hududlardan 11 993 kişi evakuatsiya qilinib, xavfsiz joylarga olib çiqilgan. Qidiruv-qutqaruv işlariga 21 402 nafar xavfsizlik xodimi jalb qilingan.

Bedarak yöqolganlar soni 4 216 nafarni taşkil etmoqda. Ular orasida Nepaldagi bir neçta gidroelektr stantsiyalarida işlagan qariyb 900 nafar xodim ham bor. Şuningdek, bedarak yöqolganlar orasida 583 nafar xorij fuqarosi qayd etilgan.

Tabiiy ofat Nepalning sakkizta hududida katta talafot keltirgan. Eng köp jasadlar Çitvan hududida – 355 nafar, Şarqiy Navalparasi hududida – 218 nafar, Ğarbiy Navalparasi hududida – 208 nafar, Nuvakotda – 177 nafar va Rasuvada – 127 nafar topilgan. Şuningdek, Gorkxada 69, Dxadingda 60 va Tanaxunda 38 kişining jasadi aniqlangan.

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş uçun xalqaro yordam ham jalb qilinmoqda. Janubiy Koreyadan 44 kişilik tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş guruhi Nepalga yetib borib, bedarak yöqolganlarni qidiriş işlariga qöşilgan. Bedarak yöqolganlar orasida kamida 9 nafar Janubiy Koreya fuqarosi bor.

Xitoy ham qidiruv-qutqaruv işlariga mutaxassislarini yuborgan. Mamlakat, şuningdek, dronlar, DNK tekşiruvi uçun uskunalar va reagentlar, suvni tozalaş vositalari hamda yoritiş moslamalarini jönatgan. Hindiston esa DNK tahlili böyiça mutaxassislarini yuborgan.

Xitoy tomonida esa kamida 16 kişi halok bölgan, 546 kişi bedarak yöqolgan. Ularning 261 nafari xorij fuqarolari.

Şuningdek, Tibetdagi köçkidan zarar körgan Girong portiga olib boruvçi yöl ham qayta tiklangan. Yöl bir neça kun davomida tun-u kun olib borilgan tamirlaş işlaridan söng oçilgan. Şundan keyin qutqaruv guruhlari, gumanitar yordam va qutqaruv uskunalari ofat hududiga yetkazila boşlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nepaldagi kuçli köçki oqibatida halok bölganlar soni 1 127 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: