USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tunnel tubidan xuşxabar: Nepalda ikki işçi tirik holda topildi

109 марта
Туннель тубидан хушхабар: Непалда икки ишчи тирик ҳолда топилди

Nepalda joriy yilning 26 avgust kuni yuz bergan muzlik qulaşi va sel oqibatida gidroelektr stantsiyasi tunnelida qolib ketgan ikki işçi töqqiz kundan söng tirik holda qutqarildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, tunneldan qutqarilgan ikki işçi – mexanik uçastka ustasi Sanjay Sah va mexanik nazoratçi Kabir Maharjan bölgan.

Ular Trişuli daryosidagi Upper Trişuli 3A gidroelektr stantsiyasi tunnelidan çiqarib olingan.

Malumotlarga köra, Kabir Maharjanning qöl va oyoqlarini qimirlatiş imkoniyati yöq. Sanjay Sahning jarohatlari esa oğir emas. Ikki işçi Katmandudagi şifoxonaga olib ketilmoqda.

Rasmiylar va qutqaruvçilar 26 avgust kuni Trişuli daryosining yuqori qismida muzlik qulagani ortidan daryo böylab joylaşgan 6 ta gidroelektr loyihasiga tegişli tunnellarda kamida 900 kişi qolib ketgan bölişi mumkin, deb hisoblamoqda.

Kabir Maharjanning akasi Amir Maharjan ukasi topilgani haqida rasmiy xabar olmaganini, biroq uni şifoxonaga boriş uçun çaqirişganini aytgan.

“Yangiliklardan ukam topilganini eşitdim. Butun oilamiz juda xursand“, degan u.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nepalda vayronkor sel oqibatlarini bartaraf etiş va gidroelektr stantsiyalari tunnellarida qolib ketganlarni qidiriş işlarida 500 dan ortiq muhandisdan iborat WhatsApp guruhi qutqaruvçilarga real vaqtda texnik kömak berayotgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: