USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tunnel qulaşi oqibatida 7 işçi halok böldi

130 марта
Туннель қулаши оқибатида 7 ишчи ҳалок бўлди

Keça, 14 avgust kuni Hindistonning Uttaraxand ştati Çamoli tumanida qurilayotgan THDC gidroelektr loyihasi tunnelida sodir bölgan avariya oqibatida 7 nafar işçi halok böldi, 14 nafari jarohatlandi. Bu haqda “India Today“ xabar berdi.

Dastlabki malumotlarga köra, tunnel içiga katta hajmdagi suv va toğ jinslari kirib kelişi oqibatida navbatçilikda bölgan işçilar içkarida qolib ketgan.

Rasmiylarga köra, avariya sodir bölgan paytda tunnelda jami 22 nafar işçi bölgan. Ulardan 14 nafari qutqarilib, şifoxonaga yotqizilgan, 7 nafarining jasadi topilgan. Hozirda yana 3 nafar işçining taqdiri nomalum bölib qolmoqda.

Voqea joyida Hindiston armiyasi, Çegara politsiyasi, Milliy favqulodda vaziyatlarga javob beriş kuçlari, Ştat favqulodda vaziyatlarga javob beriş kuçlari hamda boşqa xizmatlar qutqaruv işlarini olib bormoqda. Tunnel içidagi suvni çiqariş va toş-şağallarni tozalaş uçun maxsus texnikalar jalb etilgan.

Uttaraxand boş vaziri Puşkar Singx Dhami voqea joyiga borib, qutqaruv operatsiyasini nazoratga olgan. U tunnel içida qolgan işçilarni xavfsiz olib çiqiş hukumatning ustuvor vazifasi ekanini aytgan.

Hozirça avariyaga nima sabab bölgani rasman malum qilinmagan. Hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Hindistonning şimoli-şarqidagi Sikkim ştatida qurilayotgan tunnelda gaz portlab, uning bir qismi qulaşi oqibatida kamida 12 işçi halok bölgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: