USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Italiyadagi 300 ta maktabga bomba tahdidi yuborildi

35 марта
Италиядаги 300 та мактабга бомба таҳдиди юборилди

Italiyada elektron poçta orqali yuborilgan bomba tahdidi sabab kamida 300 ta maktab öquvçilari xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Malum qilinişiça, bugun, 11 noyabr kuni Italiyaning turli hududlaridagi maktablarga bir xil mazmundagi bomba tahdidi yuborilgan. Şundan söng, talim muassasalarida xavfsizlik çoralari körilib, öquvçilar binolardan olib çiqilgan.

Maorif vaziri Juzeppe Valditara “La7” telekanaliga bergan intervyusida tahdidlar soxta bölişi mumkinligini aytgan. Şuningdek, u bunday xabar kelib tuşgan maktablar soni yana ortişi mumkinligini bildirgan.

Rimdagi maktablardan biri ota-onalarga messenjer orqali yuborgan xabarda barça öquvçilar xavfsiz hududga olib çiqilgani va pedagoglar nazoratida ekanini malum qilgan.

Valditaraning takidlaşiça, tahdid yuborilgan maktablar sonining köpligi xabarning işonçliligi pastligini körsatadi.

“Reuters” agentligi tanişgan elektron maktub nusxasiga köra, xabar “Mixail Andropov, Vilayat Mizoginistan rahbari” nomi bilan imzolangan. Xuddi şu şaxs özini joriy yilning 6 noyabr kuni Irlandiya va Bolgariyadagi tahririyatlarga yuborilgan bomba tahdidlari uçun ham masul deb elon qilgan.

Hozirda Italiya politsiyasi uşbu holat yuzasidan tekşiruv olib bormoqda.

Malumot uçun, sönggi kunlarda Yevropada gibrid tahdidlar bilan boğliq xavotirlar kuçaygan. Bundan avval Frantsiyada supermarketlar va qon banklariga kiberhujumlar, şuningdek, Yevropa havo qatnovi hamda telekanallar faoliyatiga tasir körsatgan bomba tahdidlari qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropaning bir neçta mamlakatida yettita yölovçi samolyotiga bomba qöyilgani haqida xabar berilgandi. Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar boşqa aeroportlarga yönaltirildi, qolganlari esa qönganidan keyin tekşirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: