USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya özining 3 ta vertolyotini urib tuşirgan bölişi mumkin

53 марта
Россия ўзининг 3 та вертолётини уриб туширган бўлиши мумкин

Boltiq dengizidagi Rossiyaning eng yirik porti – Ust-Lugaga uyuştirilgan tonggi hujum davomida rossiyalik harbiylar Rossiya Qurolli kuçlarining uçta vertolyotini urib tuşirgan bölişi mumkin. Bu haqda “Voyenniy osvedomitel” Z-kanali xabar berdi.

Dastlabki malumotlarga köra, Ka-52 “Alligator” razvedka-zarba vertolyoti ekipaji bilan birga, şuningdek, köp maqsadli Mi-8 vertolyoti urib tuşirilgan. Keyinroq muallif uçta uçiş apparati yöqotilgani haqida malumotlar borligini qöşimça qilgan. 

“Sabablari haqida malumot yöq – yo töqnaşuv, yoki öz kuçlari tomonidan öt oçilişi. Agar ikkinçisi bölsa, aviatsiya va havo hujumidan mudofaa (HHM) kuçlari örtasidagi özaro hamkorlik hamon juda past darajada qolmoqda”, deb yozdi “Voyenniy osvedomitel”.

Uçta vertolyot urib tuşirilgani haqida “Voyevoda veщayet” Z-kanali ham xabar bermoqda. 

“Bugungi tun Havo-kosmik kuçlarga ulkan jarohat yetkazdi. 3 ta tajribali ekipaj, yetti nafar jasur jangçi Samoviy garnizonga yöl oldi”, deya bayonot bergan.

“Ya i moy drug vertolet” kanali halok bölgan uçuvçilar haqida şerlar hamda Mi-8 va Ka-52 vertolyotlarining oq-qora suratini elon qilgan. 

“Yana bir Rossiyaning Mi-8 vertolyoti oktyabr oyi boşida Rossiya HHM vositalari tomonidan urib tuşirilgan edi”, deb yozgan “Fighterbomber” va “Helicopterpilot” Z-kanallari. 

Öşanda “Izvestiya” manbasi ham Voronej viloyatida Mi-8 yöqotilgani va uç nafar ekipaj azosi halok bölgani haqida xabar bergan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ armiyasining Fort-Xud bazasiga biriktirilgan “Apaçi” harbiy vertolyoti Texas ştatida halokatga uçraşi oqibatida 2 nafar askar halok bölgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: