AQŞ urib tuşirilgan vertolyotga javoban Eronga zarba berdi
10-06-2026, 12:07
78 марта

AQŞ urib tuşirilgan vertolyotga javoban Eronga zarba berdi
AQŞ harbiylari bugun, 10 iyunga ötar keçasi Hormuz böğozi hududida Apaçe vertolyoti yöq qilinişiga javoban Eronga zarbalar berdi. Bu haqda AQŞ Markaziy qömondonligi (CENTCOM) xabar qildi.“Reuters”ning vaziyatdan xabardor manbasiga köra, hujum taxminan tört soat davom etgan va jami 20 ga yaqin obekt nişonga olingan. “Fox News”ning qayd etişiça, Eronning radarlari va havo hujumidan mudofaa tizimlari asosiy nişonga aylangan.
“Fars” ham mamlakat janubiga berilgan uçta tölqindagi zarbalar haqida xabar bergan. Şuningdek, Qeşm orolida ham portlaşlar qayd etilgan. Bunga javoban Eron AQŞning Bahrayn, Quvayt va Iordaniyadagi harbiy obektlariga qarata raketalar va pilotsiz uçiş dronlarni uçirgan.
“Reuters” manbasining aytişiça, ularning deyarli barçasi havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan urib tuşirilgan. AQŞ rasmiysi CNN telekanaliga bergan bayonotida yangi zarbalar Eronga qaratilgan “ogohlantiruvçi öq” bölişi nazarda tutilganini aytgan. Şu bilan birga, u bu harakatlar uruşni tugatiş böyiça muzokaralarga xalaqit bermasligini alohida takidlagan.