USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bundestag Germaniya maxsus xizmatlari vakolatlarini kengaytirişni maqulladi

33 марта
Бундестаг Германия махсус хизматлари ваколатларини кенгайтиришни маъқуллади

Germaniya maxsus xizmatlari – Federal razvedka xizmati (FRX) va Konstitutsiyani himoya qiliş federal idorasi (KHFI) Ikkinçi jahon uruşidan keyin taşkil etilgan paytdan buyon mahrum bölgan keng qamrovli qöşimça vakolatlarga ega böladi. Bu haqdagi qonun loyihasi keça, 13 noyabr kuni Bundestag tomonidan qabul qilindi.

Qayd etilişiça, ilgari asosan axborot töplaş bilan şuğullangan maxsus xizmatlar endilikda “tezkor” vakolatlarni qölga kiritadi. Xususan, agentlarga milliy xavfsizlikka tahdid tuğilganda xorijda xakerlik hujumlarini amalga oşiriş va diversiyalar ötkazişga ruxsat beriladi. KHFI kontrrazvedkasiga esa muayyan şartlar ostida xonadonlarga yaşirinça kiriş imkoniyati beriladi. 

Bundan taşqari, tezkor xodimlarga şifrlangan messenjerlarni öqiş uçun gumonlanuvçilarning qurilmalarini masofadan turib buzib kiriş va katta hajmdagi malumotlarni tahlil qilişda suniy intellekt (SI) vositalarini qöllaşga ruxsat etiladi. Şuningdek, kontrrazvedka istisno hollarda 16–17 yoşli ösmirlarni axborot beruvçi (informator) sifatida yollaş huquqini olgan, taşqi razvedka esa xorijda olingan malumotlarni uzoqroq muddat saqlaş imkoniyatiga ega böladi.

“Razvedka idoralari tölaqonli maxsus xizmatlarga aylanmoqda. Uşbu çoralar bizga mamlakatga ham taşqaridan, ham içkaridan tahdid solayotgan demokratiya duşmanlariga qarşi kuraşiş uçun zarur”, deydi ilgari uşbu loyihani “asr islohoti” deb atagan Germaniya IIV rahbari Aleksander Dobrindt. 

U yangi vakolatlar maxsus xizmatlarga xorijiy josuslik, ayniqsa Rossiya, Xitoy va Eron tomonidan bölayotgan josuslik faolligining ortişi sababli zarur ekanini takidlagan.

Şu bilan birga, “Söl partiya” deputati Klara Byunger kuçişlatar tuzilmalarning yangi imkoniyatlari “yangi nemis maxfiy politsiyasi”ni yaratiş bilan barobar ekanini bildirgan. Sovuq uruş tugaguniga qadar şunga öxşaş vakolatlar faqat sovet tasir doirasida bölgan GDR Davlat xavfsizligi vazirligida mavjud edi. Islohot 1949 yilda Ğarbiy Germaniya taşkil etilayotganda natsistlar gestaposi va şarqiy germaniyalik “Ştazi” usullarining qayta tiklanişiga yöl qöymaslik maqsadida qabul qilingan, politsiya va razvedka vakolatlarini qatiy ajratib turuvçi tamoyilni zaiflaştirgan.

Şunga qaramay, har ikki xizmatga jismoniy yöq qiliş, oçiq tintuvlar ötkaziş va hibsga oliş hamon taqiqlangan (bu faqat politsiya vakolatida qoladi). Ularning xatti-harakatlarini esa maxsus kengaytirilgan Mustaqil nazorat kengaşi kuzatib boradi.

“Euronews” qayd etişiça, islohot, aftidan, xuddi mudofaa sohasidagi kabi tiyib turiş tamoyilini amalga oşirişga qaratilgan. 

Bundestagda qonun qabul qilinişi uçun 308 nafar deputat ovoz bergan, 190 nafari qarşi çiqqan, yana 71 nafar parlamentariy betaraf qolgan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: