USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞda kutilmaganda minglab reyslar bekor qilindi

55 марта
АҚШда кутилмаганда минглаб рейслар бекор қилинди

AQŞ Federal fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi (FFA) keça, 13 noyabr kuni keçasi minglab reyslar işini izdan çiqargan va turli ştatlardagi yuz minglab yölovçilarga tasir körsatgan tört soatlik töxtalişdan söng parvozlarga qöyilgan umummilliy taqiqni bekor qildi. Amerika havo taşuvlari sohasi dam oliş kunlari ham keçikişlar bilan işlaşda davom etadi. Uşbu nosozlik 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin Qöşma Ştatlardagi eng yirik şunday töxtaliş böldi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilişiça, AQŞ aviatsiya mamuriyati Şarqiy Amerika vaqti bilan soat 15:54 atrofida parvozlarni töliq töxtatişga qaror qildi. Bunga havo harakatini boşqariş böyiça barça 22 ta hududiy markazning aloqa, radarlar va kommunikatsiya tizimlari işini falaj qilib qöygan malumotlarning haddan taşqari yuklanişi sabab böldi. Kommutator va routerlar (tizim köp jihatdan 1980-yillardagi uskunalar va mis aloqa liniyalariga tayanadi) malumotlar bilan haddan taşqari yuklanib, notöğri axborot bera boşlagan. Bekor qiliş töğrisidagi qaror qariyb 10 mingta reysga tasir körsatgan va agar faqat reyslari keçiktirilgan emas, balki bekor qilingan odamlar hisobga olinsa, 1,5 millionga yaqin yölovçini qamrab olgan.

Qöşma Ştatlar ustida havoda bölib turgan taxminan 4000 ta samolyotga parvozlarni jadvalga muvofiq yakunlaşga ruxsat berilgan. Xalqaro yetib kelişlar individual tartibda körib çiqilgan.

Amerika rasmiylariga köra, yuz bergan nosozlik böyiça mavjud malumotlar hozirça kiberhujum, suniy intellekt bilan boğliq muammolar yoki biror-bir xorijiy davlatning “ğarazli xatti-harakatlari”ga işora qilmayapti. 

“Bizda havo harakatini boşqariş tizimi nihoyatda eskirgan. Marşrutizatorlarimiz haddan taşqari yuklandi va notöğri malumotlarni bera boşladi. Şu sababli biz tizimni öçirib qöydik”, deydi AQŞ Transport vaziri Şon Daffi. 

Şu bilan birga, sodir bölgan voqea mohiyatini töliq anglab yetiş uçun mutaxassislarga “biroz vaqt” kerak.

13 noyabr kuni yuz bergan nosozlik AQŞ içida mamlakatdagi aviaqatnovlar uçun zarur bölgan aloqa va boşqaruv tizimlarini modernizatsiya qiliş masalasini yanada keskinlaştirdi. Joriy rejalarga köra, FFA jarayonning birinçi bosqiçini 2028 yil oxirigaça yakunlaşi lozim. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: