USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Quyoş tizimining çekka hududida qadimiy suv zaxirasi izlari topildi

51 марта
Қуёш тизимининг чекка ҳудудида қадимий сув захираси излари топилди

Olimlar koinot çangi zarraçalarini tahlil qiliş orqali Quyoş tizimining çekka qismida, Neptun orbitasidan taşqarida joylaşgan Koyper kamari hududida qadimiy suv zaxirasi bölganiga dalil topdi. Tadqiqotga köra, uşbu suv tarkibida oğir kislorod izotoplari miqdori Yer okeanlaridagi suvga nisbatan ança yuqori bölgan. Bu haqda “Naked Science” naşri xabar berdi.

Malum qilinişiça, Lindon Jonson nomidagi kosmik markazdan Lindsi Keller boşçiligidagi amerikalik sayyoraşunoslar guruhi NASA katalogidagi 10–30 mikrometr ölçamdagi 12 ta kosmik çang zarrasini örgangan. Uşbu zarraçalar Yer stratosferasidan yiğib olingan.

Tahlillar davomida zarraçalar tarkibida asosan saponit va oz miqdorda serpentin kabi suv tasirida hosil böladigan gilli minerallar aniqlangan. Bu minerallar qadimda suvning boşqa moddalar bilan kimyoviy tasirlaşuvi natijasida paydo bölgan.

Olimlar zarraçalardagi kislorod izotoplarining nisbatini ölçab, ularning köplab meteoritlarda uçraydigan körsatkiçlardan farq qilişini aniqlagan.

Hisob-kitoblarga köra, minerallar bilan tasirlaşgan qadimiy suvda kislorod-18 izotopining kislorod-16 izotopiga nisbati hozirgi okean suvidagi körsatkiçdan taxminan 15,5 foiz yuqori bölgan bölişi mumkinBiroq tadqiqot mualliflari bu natija qadimiy muz tarkibini töğridan-töğri ölçaş emas, balki modellaştiriş asosida olingan yuqori çegaraviy körsatkiç ekanini takidlagan.

Qayd etilişiça, Koyper kamari Quyoş tizimining Neptun orbitasidan taşqaridagi qismi bölib, u yerda köp miqdorda suv muzini saqlagan osmon jismlari mavjud. Uşbu hududdagi jismlar Quyoş tizimi şakllangan davrdan buyon nisbatan kam özgargani bilan ajralib turadi.

Olimlarning fikriça, kaşfiyot ilk Quyoş tizimida suv va kislorod izotoplari qanday taqsimlanganini, şuningdek, sayyoralardan uzoq hududlarda qanday kimyoviy jarayonlar keçganini yaxşiroq tuşunişga yordam beradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Olimlar Yerdan taxminan 11,5 yoruğlik yili uzoqlikda joylaşgan GJ 725A qizil mitti yulduz tizimidan 45 megagerts çastotali sirli radiosignalni aniqlagani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: