USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yupiter yaqinida gigant sayyoralar “fabrikasi” topildi

176 марта

Yupiter yaqinida gigant sayyoralar “fabrikasi” topildi

Maks Plank jamiyatining Quyoş tizimini tadqiq qiliş instituti olimlari Yupiter orbitasidan keyingi hudud sayyoralar va asteroidlarning quriliş bloklari bölmiş planetezimallar şakllanişidagi asosiy “fabrika”lardan biri bölgan bölişi mumkinligini aniqladi. Uşbu tadqiqot işi “The Astrophysical Journal (AstroJournal)” jurnalida çop etildi.

Qariyb 4,6 milliard yil avval yoş Quyoş gaz va çang bilan qoplangan disk bilan öralgan bölgan. Vaqt ötişi bilan çang zarralari bir-biri bilan töqnaşib va yopişib, tobora yirikroq jismlarni — keyinçalik ulardan sayyoralar va asteroidlar şakllangan planetezimallarni hosil qilgan.

Tadqiqotçilar Quyoş tizimi yaralişidan 2–4 million yil ötgaç sodir bölgan jarayonlarni modellaştirgan. Bu vaqtga kelib Yupiter allaqaçon şakllanib bölgan va öz orbitasi böylab böşliqni tozalab, gaz-çang diskida uziliş (yoriq) paydo qilgan edi. Uning ortida darhol gaz bosimi yuqori bölgan hudud — çang zarralari va kosmik “toşçalar” töplana boşlaydigan öziga xos “tuzoq” yuzaga kelgan.


Olimlarning hisob-kitoblariga köra, aynan mana şu hudud planetezimallar tuğilişi uçun ideal joy bölib çiqqan.

“Planetezimallarning turli tiplari ilk gaz-çang diskining bir xil hududida, ammo turli vaqtlarda şakllangan körinadi. Yupiter orbitasidan keyingi hudud buning uçun ajoyib şaroitni taminlab bergan”, deya tuşuntirdi tadqiqot rahbari Yoanna Dronjkovska.
Modellaştiriş natijalari dastlabki planetezimallarning qoldiqlari hisoblangan qadimiy meteoritlar — uglerodli xondritlar böyiça olingan malumotlarga ham mos keldi. Bu meteoritlar tarkibida Quyoş tizimi şakllana boşlagan davrdan buyon deyarli özgarmay qolgan moddalar mavjud.

Moddalar nisbatining özgarişi

Olimlar Yupiter ortidagi “çang tuzoği”da ikki turdagi moddaning nisbati bosqiçma-bosqiç özgarib borganini körsatgan. Bular: mort, mayda donali material hamda tizimning issiq hududlarida vaqtliroq şakllangan ziçroq fragmentlar. Vaqt ötişi bilan bu holat turli tarkibga ega bölgan planetezimallarning bir neça avlodi paydo bölişiga olib kelgan.

Dastlabki özgarişlar taxminan 500 ming yildan keyin boşlangan: yumşoq material miqdori avvaliga kamaygan, söngra keyingi bir million yil davomida yana ösgan. Keyinçalik bu hududda kosmik jismlarning ikkita alohida populyatsiyasi paydo bölgan — ularning birida mort moddalar, ikkinçisida esa ziçroq moddalar ustunlik qilgan.

Mualliflarning fikriça, Yupiter orbitasi ortida nafaqat uglerodli xondritlarning ajdodlari, balki undan ham avvalroq paydo bölgan meteoritlarning boşqa turlari ham şakllangan bölişi mumkin.

“Bizning Quyoş tizimimizda çang tuzoqlari planetezimallar tuğilişi uçun eng maqul körilgan joy bölganiga işonçli dalillar bor”, deydi Dronjkovska.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: