USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Olimlar soniyasiga 6 milliard tonna tezlikda ösayotgan sayyoradan hayratda

547 марта
Olimlar soniyasiga 6 milliard tonna tezlikda ösayotgan sayyoradan hayratda

Olimlar soniyasiga olti milliard tonna tezlikda ösayotgan sayyoradan hayratda qolmoqda. Bu haqda Daily Mail gazetasi xabar bermoqda.


Yerdan 620 yoruğlik yili uzoqlikda, Xameleon yulduz turkumida joylaşgan Ça 1107-7626 sayyorasi astronomlar tomonidan qayd etilgan sayyoraviy massa obektlari orasida eng tez ösiş davrini körsatgan.
Bir neça oy içida atrofdagi diskdan modda töplaş jarayoni - akkretsiya tezligi qariyb sakkiz baravar oşgan. Sayyora har soniyada olti milliard tonnaga yaqin gaz va çangni öziga tortmoqda. Faollikning eng yuqori çöqqisi 2025 yil avgust oyiga töğri keldi, şundan söng jarayon yana bir neça oy davomida yuqori darajada saqlanib qolgan.

Ça 1107-7626 “daydi sayyoralar” qatoriga kiradi - bu yulduz atrofida aylanmaydigan, balki koinotda erkin harakatlanuvçi obektlar hisoblanadi. 

Tadqiqotçilarning baholaşiça, uning massasi Yupiter massasidan 5-10 marta katta.

Kuzatuvlar Yevropa janubiy observatoriyasi teleskopi va Jeyms Uebb kosmik teleskopi yordamida amalga oşirilgan. Sayyora diskida ilgari qayd etilmagan suv buği mavjudligi aniqlandi. Bundan taşqari, jismning magnit maydoni diskdagi moddani sayyora yuzasiga yönaltirişi ham akkretsiyada asosiy rol öynaydi.

Olimlarning takidlaşiça, bunday natijalar gigant sayyoralarning ösiş jarayonlarini yulduzlarning şakllaniş mexanizmlariga yaqinlaştiradi. Bazi nazariy modellar şuni körsatadiki, yirik daydi sayyoralar diskdagi qoldiq materiallardan özlarining kiçik sayyora tizimlarini şakllantirişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: