USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Astronomlar ikki quyoşli noyob sayyoralarni aniqladi

185 марта

Astronomlar ikki quyoşli noyob sayyoralarni aniqladi

Astronomlar jamoasi yangi, noodatiy usul yordamida ikki yulduzli tizim atrofida aylanuvçi 27 ta “nomzod sayyora”ni aniqlaganini malum qildi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Qayd etilişiça, közga körinmas bu mayda özgarişlar ilgari heç kim körmagan sayyoraning gravitatsion izi bölişi mumkin. Odatda yangi sayyoralar yulduz oldidan ötganda uning yoruğligi pasayişi orqali tranzit usuli bilan topiladi. Ammo bu tadqiqotda olimlar boşqaça yondaşuvni qöllab, ikki yulduz bir-birini yopib ötyotgandagi vaqtda juda kiçik özgarişlarni kuzatgan. Ana şu mayda vaqt siljişlari tizim atrofida aylanyotgan körinmas sayyoraning gravitatsion tasirini körsatişi mumkin.

Tadqiqotga Yangi Janubiy Uels universiteti doktoranti va SETI instituti tadqiqotçisi Margo Tornton rahbarlik qilgan. Unda NASA’ning Transiting Exoplanet Survey Satellite (TESS) kosmik teleskopi malumotlari tahlil qilingan.

Sayyoralarni topişning yangi usuli
Köpçilik malum ikki yulduzli sayyoralar, yani ikki yulduz atrofida aylanuvçi dunyolar odatda yulduz oldidan ötib, uning yoruğligini pasaytirganda aniqlanadi. Bu holat maşhur “Star Wars: A New Hope” filmidagi Tatuin sayyorasidagi ikki quyoş botişi manzarasini eslatadi. Biroq bu usul faqat tizim Yerga nisbatan aniq moslaşgan holda joylaşgan bölsa iş beradi. Agar bunday bölmasa, sayyorani bu usul bilan körişning imkoni yöq.

Yangi tadqiqot esa “apsidal pretsessiya” deb ataluvçi hodisaga asoslanadi. Bu ikki yulduz orbitasining vaqt ötişi bilan asta-sekin burilişi bilan boğliq. Agar ikki yulduzli tizim atrofida sayyora bölsa, uning gravitatsiyasi yulduzlar bir-birini yopib ötayotgan vaqtda juda nozik, lekin ölçaş mumkin bölgan özgarişlarga sabab böladi. NASA’ning TESS teleskopi orqali yillar davomida töplangan malumotlarda ana şu mayda vaqt siljişlarini kuzatib, olimlar sayyoralarni töğridan-töğri körmasdan turib ham ularning mavjudligini aniqlaşga muvaffaq bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: