USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Koinotda yaşaş mumkin bölgan hududlar aniqlandi – tadqiqot

392 марта

Koinotda yaşaş mumkin bölgan hududlar aniqlandi – tadqiqot

“Oq mittilar” (köpçilik yulduzlarning evolyutsiyasidagi oxirgi bosqiç) uzoq vaqt davomida hayot mavjud bölişi uçun juda sovuq deb hisoblangan. Biroq Oklaxoma universiteti olimlarining yangi tadqiqoti şuni körsatdiki, bunday obektlarning ayrimlari muhitning sovişini uzoq muddatga – 10 milliard yilgaça sekinlaştirişi mumkin. Bu esa ularning atrofidagi sayyoralar avval öylanganidan ança uzoq vaqt yaşaşga yaroqli bölilişi mumkinligini anglatadi. Bu haqdagi tadqiqot “arXiv” portalida elon qilindi.

Naşrning yozişiça, u bilan boğliq sir neon-22 ga (neon elementining izotopi) boğliq. U uglerod va kisloroddan keyin “oq mittilar” içki qismida eng köp tarqalgan element hisoblanadi. Agar uning uluşi massa böyiça kamida 2,5 foizni taşkil etsa, yadroning içida “distillyatsiya” jarayoni boşlanadi. Kristallaşayotgan sohalar neondan uzoqlaşib yengillaşadi, yuqoriga kötarilib eriydi va ulkan miqdorda gravitatsion energiya ajratadi.
Olimlar "Hypatia" katalogidagi qariyb 4 ming yulduz evolyutsiyasini modellaştirib, natijalarni "Gaia" kosmik teleskopi kuzatuvlari bilan soliştirgan. Malum bölişiça, massiv “oq mittilar”ning taxminan 6 foizi haqiqatdan ham sovişini sekinlaştiradi va yorqinlik diagrammalarida xos töplaniş – şunday ataluvçi Q-şoxni hosil qiladi. Ularning haqiqiy yoşi yorqinligiga qaraganda ança katta bölib çiqadi.

Bunday “muzlab qolgan” kosmik obektlar eng köp galaktikaning markaziga yaqin hududlarda uçraydi, çunki u yerda metall miqdori yuqori bölgan yulduzlar köproq va şunga mos ravişda yetarli miqdorda neon-22 yiğiliş ehtimoli ham katta. Somon yölining çekka qismlarida esa ular deyarli sakkiz baravar kamroq uçraydi.
Tadqiqot mualliflarining fikriça, “oq mittilar” hayotni izlaş uçun ança istiqbolli nomzod obektlar. Ularning yaşaş zonalari barqaror va uzoq muddatli, potenttsial sayyoralarning orbitasi esa yulduzdan uzoqroqda joylaşgan bölib, bu kuçli gelgit kuçlarining vayronkor tasirini kamaytiradi.

“Oq mittilarni” biz odatda yulduzlarning ölik qoldiqlari sifatida qabul qilamiz, ammo aslida aynan ular hayot mavjud bölişi uçun eng uzoq muddatli va işonçli şaroitlarni taklif qilişi mumkin”, deydi tadqiqotçilar.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: