Yerga öxşaş ekzosayyora kaşf etildi
1-02-2026, 15:11
528 марта

Yerga öxşaş ekzosayyora kaşf etildi
Xalqaro astronomlar guruhi HD 137010 b ekzosayyorasi kaşf etilganini elon qildi. U Yerdan taxminan 146 yoruğlik yili uzoqlikda joylaşgan bölib, ölçami jihatidan Yerga yaqin va öz yulduzi atrofida aylaniş davri ham öxşaş. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.Sayyora NASA’ning Kepler kosmik teleskopi (K2 missiyasi) tomonidan 2017 yilda olingan malumotlar asosida aniqlangan. Tahlillarga köra, sayyora Yerdan atigi 6 foizga kattaroq, undagi bir yil esa 355 kun davom etadi. Tadqiqotçilarning bahosiga köra, HD 137010 b “yaşaşga yaroqli zona”da joylaşgan böliş ehtimoli 50 foizni taşkil etadi, yani bu hududda suv nazariy jihatdan suyuq holatda mavjud bölişi mumkin.
Biroq orbital öxşaşliklarga qaramay, u yerdagi iqlim Yerga nisbatan ança oğir bölişi mumkin. Uşbu tizimdagi asosiy yulduz Quyoşga öxşaş, biroq u sovuqroq va xiraroq.
Tadqiqotçilarning takidlaşiça, sayyora yuzasidagi harorat ehtimol Marsdagiga yaqin bölib, -70 darajadan ham pastga tuşişi mumkin.
Swinbern texnologiya universiteti doktori Sara Uebbning fikriça, sayyorada suv köp bölişi mumkin, ammo uning katta qismi muz holatida qotib qolgan.
Janubiy Kvinslend universiteti doktori Çelsi Xuang esa topilmaning asosiy ahamiyati yulduzning yaqinligi va yorqinligida ekanini takidlaydi: u Yerdan taxminan 150 yoruğlik yili masofada joylaşgan. Taqqoslaş uçun aytganda, ilgari malum bölgan eng yaqin Kepler-186f ekzosayyorasi tört baravar uzoqda joylaşgan va deyarli 20 baravar xira. Bu esa kelajakda uşbu sayyorani batafsil örganiş imkonini beradi: yulduzning yaqinligi va yorqinligi tufayli keyingi avlod teleskoplari uning atmosferasi va sirtidagi şaroitlarni tadqiq qila oladi.