USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Niderlandiyada qamoqxonalar tölgani uçun mahkumlar ertaroq ozod qilinadi

42 марта
Нидерландияда қамоқхоналар тўлгани учун маҳкумлар эртароқ озод қилинади

Niderlandiyada qamoqxonalarda joy yetişmayotgani sabab ayrim mahkumlar jazo muddati tugaşidan tört haftagaça oldin ozodlikka çiqarilişi mumkin. Yangi çora avval faqat bir yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinganlarga nisbatan qöllangan bölsa, endi ikki yilgaça ozodlikdan mahrum etilganlarga ham tatbiq etiladi. Bu haqda NOS naşri xabar berdi.

Malum qilinişiça, hukumat qamoqxonalardagi joy tanqisligini bartaraf etiş maqsadida muddatidan oldin ozod qiliş çoralarini kengaytirmoqda. Ötgan yili ayrim mahkumlarni jazo muddati tugaşidan ikki hafta oldin ozod qilişga qaror qilingan.

Yangi tartibga köra, endilikda ayollar ham muddatidan oldin ozod etilişi mumkin. Bunga qadar ayollar qamoqxonalarida joy yetarli bölgan. Biroq ularning ayrim kameralari erkak mahkumlarni joylaştiriş uçun ajratilgani sababli ayollar uçun ham joy tanqisligi yuzaga kelgan. Kutilişiça, ayol mahkumlar jazoni köpi bilan ikki hafta oldin tark etadi.

Şu bilan birga, jinsiy jinoyatlar sodir etgan mahkumlarga uşbu yengillik tatbiq etilmaydi. Qamoqxonalarda joy yetişmasligiga bir qança omillar sabab bölmoqda. Jumladan, “Veenhuizen” va “Sittard” kabi qamoqxonalarda tamirlaş işlari olib borilayotgani tufayli mahkumlarni joylaştiriş imkoniyati qisqargan. Bundan taşqari, qamoqxonalarda joy bölmagani sababli qamoqqa olinişi kerak bölgan önlab şaxslar politsiya bölimlaridagi kameralarda saqlanmoqda. Ularning soni ham ortib bormoqda.

Adliya masalalari böyiça davlat kotibi Van Bryuggenning parlamentga yöllagan maktubida takidlanişiça, qöşimça çoralar körilmasa, ayrim qölga olingan şaxslarni ham ozod qilişga töğri kelişi mumkin.

U mazkur vaziyat jabrlanuvçilar va jamiyat uçun oğir xabar ekanini tan olgan. Şu bilan birga, jazosizlikning oldini oliş va vaqtinçalik favqulodda çoralarni imkon qadar tezroq bekor qilişga harakat qilinayotganini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiyadagi jazoni ijro etiş muassasalarining tölişi böyiça yangi rekord örnatilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: