USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Örmondan topilgan millionlar Orbanning partiyasi ustidan tuproq tortişi mumkin

72 марта
Ўрмондан топилган миллионлар Орбаннинг партияси устидан тупроқ тортиши мумкин

Vengriya sobiq boş vaziri Viktor Orban öz hukumati korruptsiyadan xoli bölganini aytib, “toza” vazirlari uçun kafillik berganidan bir kun ham ötmay, politsiya ularning faoliyatini tergov qiliş doirasida taxminan 20 million dollar miqdoridagi naqd pullarni topdi. Forint, yevro va dollar solingan dastalar örmondagi, omborxona va saroylardagi maxfiy joylarga yaşirib qöyilgan. Uşbu “topilma” sönggi 16 yil davomida mamlakatni boşqarib kelgan Orbanning bir paytlar yengilmas bölgan “Fides” partiyasini inqiroz köçasiga olib kirib qöydi. Bu haqda “Bloomberg” yozmoqda.

“Fides” 38 yil yaşadi. Hammasi tugadi. Endi sizlarni qutqarib bölmaydi”, deya nutq sözlagan Boş vazir Peter Madyar keça, 17 noyabr kuni parlamentda. 

21-tadqiqot instituti tomonidan ötkazilgan va 16 noyabr kuni elon qilingan sörovnoma natijalariga köra, 12 aprel kungi saylovlarda 36 foiz ovoz olgan “Fides” partiyasini hozirda potentsial saylovçilarning atigi 24 foizi qöllab-quvvatlamoqda. Parlamentda konstitutsiyaviy köpçilik örinni qölga kiritgan Madyarning “Tisa” partiyasini qöllab-quvvatlaş darajasi esa xuddi şu davr mobaynida 56 foizdan 65 foizgaça oşgan.
 
Eslatib ötamiz, Budapeştda, şuningdek, Peşt, Bekeş va Nograd okruglaridagi turli joylardan naqd pullar topilgandi. Naqd pul dastalari aks etgan kadrlar televideniye orqali namoyiş etilgan. Moliya vaziri Andraş Karmanning sözlariga köra, uning idorasidagi 12 nafar xodim sakkiz soat davomida beşta pul sanaş maşinasida banknotalarni sanab çiqqan.

Pullar sobiq iqtisodiy taraqqiyot vaziri Mikloş Şestakka nisbatan olib borilayotgan tergov jarayonida aniqlangan. “Tozalovçi olov operatsiyasi” deb nomlangan keng kölamli antikorruptsiya kampaniyasi davomida allaqaçon bir neça sobiq yuqori martabali amaldorlar uşlangan, hibsga olingan yoki söroq qilingan. Ular orasida Şestakdan taşqari bir qator vazirlar, Orban özining öng qöli deb atagan Markaziy bankning sobiq raisi va sobiq iqtisodiyot vaziri Dyord Matolçi hamda sobiq yetakçining ukasi Aron ham bor.

“Fides” partiyasining parlamentdagi fraktsiyasi rahbari Tibor Navraçiç hibsda saqlanayotgan, biroq öz aybini rad etayotgan Şestakni deputatlik vakolatlarini topşirişga çaqirgan. Navraçiçning aytişiça, agar partiya özining siyosiy kelajagini taminlaşni va jamiyat işonçini qaytarişni istasa, “tub özgarişlarga“ muhtoj, “xatolarni tan olişi” va öz saflarida tartib örnatişi kerak. U pul yaşirilgan maxfiy joylar bilan boğliq voqeani “öta taşvişli va şarmandali holat” deb atagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: