Orban saylovda mağlub böldi. Vengriyada boş vazir özgaradi
13-04-2026, 09:39
78 марта

Orban saylovda mağlub böldi. Vengriyada boş vazir özgaradi
Vengriyadagi parlament saylovarida Boş vazir Viktor Orban mağlubiyatni tan oldi va hatto muxolifatda bölsa ham mamlakatga xizmat qilişini bildirdi. Bu haqda u keça, 12 aprel kuni mamlakat poytaxti Budapeştda, öz tarafdorlariga qilgan murojaatida aytib ötdi.Orban tarafdorlariga murojaat qilar ekan, “qanday bölmasin, biz mamlakatga xizmat qilişda davom etamiz” deya takidlagan.
Saylov natijalariga köra, muxolifat yetakçisi Peter Madyar va uning “Tisa” partiyasi parlamentda katta ustunlikka erişmoqda. Ovozlarning qariyb 85 foizi sanab çiqilganidan söng, partiya 199 örindan 138 tasini qölga kiritişi mumkinligi malum qilindi, bu esa ikki uçdan köpçilikni anglatadi. Şu bilan birga, saylovçilar faolligi rekord darajaga yetgan.
Malumotlarga köra, Viktor Orban saylovdan oldin raqibi Peter Madyarni telefon orqali tabriklagan.
Peter Madyar ham öz tarafdorlari oldida sözga çiqib, ğalabasini elon qilgan.
“Biz birgalikda Orban tizimini almaştirdik va Vengriyani ozod qildik – mamlakatimizni özimizga qaytardik”, degan u.62 yoşli Orban 2010 yildan buyon hokimiyatda edi. Bu galgi saylovlarda esa 45 yoşli Madyar ilk bor jiddiy raqobatçi sifatida maydonga çiqib, ğalabani ilib ketdi. U korruptsiyaga qarşi kuraşiş, tizimli islohotlar ötkaziş va yangi konstitutsiya işlab çiqişni vada qilgan. Şuningdek, u Vengriyani Rossiyadan uzoqlaştiriş va NATOdagi işonçli hamkor sifatidagi rolini tiklaş tarafdori ekanini bildirgan.