USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Eronni ogohlantirdi

122 марта

Rossiya Eronni ogohlantirdi

Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Eronni Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan hamkorlikni uzmaslikka çaqirdi.

“Biz Eronning MAGATE bilan hamkorligi davom etişidan manfaatdormiz. Biz barça Eronning oliy rahbarini hurmat qilişidan manfaatdormiz. U bir neça marta Eronda yadro quroli yöqligi va bölmasligi haqida bayonot bergan”, – dediSergey Lavrov.

Vazir Eronda yadro quroliga ega bölişni taqiqlovçi diniy hujjat – maxsus fatvo mavjudligini ham eslatgan.
Lavrovga köra, MAGATE Eron yadro dasturi böyiça elon qilgan sönggi hisobot Ğarb davlatlari bosimi ostida qabul qilingan.
Rossiya boş diplomatining ogohlantiruvçi bayonoti Eron parlamenti tomonidan yangi hujjat qabul qilinişi fonida yangramoqda.
Avval xabar berganimizdek, Eron parlamenti Tehronning MAGATE bilan hamkorligini töxtatuvçi qonun loyihasini maqulladi.
Bu esa Eron yadro obektlariga xalqaro agentlik nozirlari kirişi taqiqlanişi, Tehron tomonidan hisobotlar taqdim etiş töxtatilişini anglatadi.

Qayd etiş joizki, mamlakatning MAGATE bilan hamkorlikni töxtatişi töğrisidagi qonun loyihasini parlament majlisida qatnaşgan 223 deputatning 221 nafari qöllab-quvvatlagan. Qonun kuçga kirişi uçun Konstitutsiyani muhofaza etiş va Xavfsizlik kengaşlari tasdiqlaşi kerak.  Dastlabki kengaş bu borada öz roziligini bergan.
“MAGATE Eron yadro obektlariga hujumni qoralamadi va özini obrösizlantirdi”, – deb bayonot bergan Eron parlamenti spikeri Muhammad Bakir Qolibof.
Eron mulozimlari mamlakat tinç maqsadda yadro dasturini yanada takomillaştirişi haqida bayonot bergan.
MAGATE rahbari Rafael Grossi esa Erondan AQŞ bombardimon qilgan obektlarni közdan keçiriş uçun imkon berişni söragan. U, şuningdek, Tehronni “yangi inqiroz” ehtimolidan ogohlantirgan.
“Al-Jazira” çop etgan tahlillarga köra, MAGATE Eron yadro dasturiga oid sönggi hisoboti bilan taranglikni oşirgan bölişi mumkin. Aynan xalqaro agentlik hisoboti ortidan avval Isroil, söng AQŞ Eron yadro inşootlariga hujum uyuştirgandi. Hisobotda Eron yadro dasturida xalqaro meyorlar talabi buzilgani qayd etilgan.
Keyinroq, MAGATE rahbari R.Grossi Eron yadro qurolini yaratayotganini tasdiqlovçi belgilar yöqligini malum qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: