USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

72 nafar askar xotirasiga örnatilgan yodgorlik tahqirlandi

182 марта
72 нафар аскар хотирасига ўрнатилган ёдгорлик таҳқирланди

Qozoğistonning Taraz şahrida 72 nafar nomalum askar dafn etilgan joydagi memorial yodgorlik vayron qilindi. Uni buzgan şaxslarni aniqlaş böyiça qidiruv işlari olib borilmoqda. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Malum qilinişiça, joriy yilning 18 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qorasuv mavzesidagi şahar qabristonida joylaşgan yodgorlikning buzilgani haqida xabarlar tarqalgan. Uşbu hududda evakuatsiya gospitallarida olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan 72 nafar nomalum askar dafn etilgan.

Qayd etilişiça, memorial 2026 yilning 15 oktyabr kuni keng kölamli tamirlaş işlaridan söng qayta oçilgan. Hududni obodonlaştiriş va yodgorlikni yangilaş işlari mahalliy hokimiyat hamda Rossiyaning Olmaotadagi Boş konsulligi hamkorligida amalga oşirilgan.

Jambil viloyati hokimligi voqeani tasdiqlab, viloyat hokimi Yerbol Qoraşökeyev holatni alohida nazoratga olişni topşirganini bildirgan. Şuningdek, yodgorlik yaqin vaqt içida qayta tiklanişi malum qilingan. Biroq tamirlaş işlari qaçon yakunlanişi hozirça aniqlaştirilmagan.

Jambil viloyati Politsiya departamenti esa yodgorlikni tahqirlaş holati yuzasidan jinoiy iş qözğatilganini malum qilgan. Ayni paytda huquqbuzarlarni aniqlaş va qölga oliş böyiça tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

Malumot uçun, 2026 yilning sentyabr oyida Ostona şahridagi Jurnalistlar xiyobonida ham vandalizm holati kuzatilgan. Ikki yigit xiyobondagi haykaltaroşlik kompozitsiyasiga zarar yetkazib, yettita çiqindi qutisini sindirgan. Politsiya ularning şaxsini aniqlab, qölga olgan. Gumonlanuvçilardan biri 18 yoşda, ikkinçisi esa voyaga yetmagan bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: