Indoneziyada neft zavodida portlaş yuz berdi. Qurbon bor
Indoneziyaning Markaziy Yava provintsiyasidagi neftni qayta işlaş zavodida yuz bergan portlaş oqibatida bir nafar işçi halok böldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Malum qilinişiça, hodisa keça, 18 noyabr kuni Cepu tumanida joylaşgan, mamlakat Energetika vazirligi nazoratidagi neftni qayta işlaş zavodida sodir bölgan. Portlaş zavod tamirlaş işlari sababli faoliyatini töxtatgan vaqtda, rezervuarlardan birida yuz bergan.
Portlaş oqibatida jarohatlangan işçi keyinçalik vafot etgan. Hodisadan söng yonğin kelib çiqqan, biroq öt öçiruvçilar uni nazorat ostiga olgan. Şuningdek, hududda sovitiş işlari amalga oşirilgan.
Mamlakat Energetika va mineral resurslar vazirligi hodisa sabablarini aniqlaş böyiça tekşiruv boşlanişini bildirgan. Hozirda zavoddagi vaziyat nazorat ostida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Izmir viloyati Aliağa tumanidagi metallurgiya zavodida yuz bergan portlaş oqibatida halok bölganlar soni 17 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.