USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiyadagi metallurgiya zavodida portlaş sodir böldi. Qurbonlar bor

52 марта
Туркиядаги металлургия заводида портлаш содир бўлди. Қурбонлар бор

Turkiyaning ğarbiy qismidagi metallurgiya zavodida yuz bergan kuçli portlaş va yonğin oqibatida olti kişi halok böldi, yana sakkiz nafar işçi vayronalar ostida qolgan bölişi mumkin. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Hodisa bugun, 9 noyabr kuni Izmir viloyatining Aliağa tumanida joylaşgan HABAS metallurgiya zavodida sodir bölgan. Viloyat gubernatorligi malumotiga köra, portlaş oqibatida yana 13 kişi jarohatlangan, ulardan ikki nafari oğir ahvolda.

Dastlabki malumotlarga köra, fojia suyuq pölat quyiş jarayonida yuz bergan. Şu paytda zavoddagi köpriksimon kran uzilib, eritiş peçiga tuşgan. Portlaşdan keyin korxona hududida kuçli yonğin çiqqan.

Ayni vaqtda vayronalar ostida qolgan işçilarni qutqariş işlari olib borilmoqda. Izmir gubernatorligi hodisa yuzasidan tergov boşlanganini malum qilgan. Işni örganiş uçun tört nafar prokuror jalb etilgan.

Izmir şahar hokimi Jamil Tugay qurbonlar va jarohatlanganlarning aniq soni vayronalar töliq tozalangandan keyingina malum bölişini bildirgan.

Malumot uçun, HABAS zavodi 1987 yilda taşkil etilgan bölib, yiliga 4,5 million tonna pölat işlab çiqariş quvvatiga ega.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning şimolidagi kömir konida portlaş sodir bölişi oqibatida ikki nafar işçi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: