USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kimyo zavodida kuçli portlaş: 7 kişi halok böldi

328 марта
Кимё заводида кучли портлаш: 7 киши ҳалок бўлди

Keça, 1 oktyabr kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi Krasnozavodsk kimyo zavodida kuçli portlaş sodir böldi. Oqibatda 7 kişi halok böldi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.

Qayd etilişiça, hodisa “Rostex”ga qaraşli Krasnozavodsk kimyo zavodida yuz bergan. Mahalliy aholi uçta kuçli portlaş ovozini eşitgani va uylar silkinganini aytgan. Şundan söng korxona hududida yonğin boşlangan.

Yonğin çiqqan binodan qariyb 40 nafar işçi evakuatsiya qilingan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar xizmatlari vakili “RIA Novosti”ga vayronalar ostida hali ham odamlar borligini malum qilgan.

“Şot” malumotiga köra, halok bölgan 7 kişi 4-tsexda bölgan. Mazkur tsex portlaş oqibatida töliq qulagan. Jabrlangan işçilarning sözlariga köra, tsexda bundan köproq odam işlagan.

“The Moscow Times”ning Telegram kanallarga tayanib xabar berişiça, zavodda xavfli yuk bölgan tarkib portlagan, oqibatda 8 kişi halok bölgan va yana 30 kişining taqdiri esa nomalum. Rasmiy malumotlarda qurbonlar soni hozirça 7 kişi ekani aytilgan.

Hodisa joyida uçta tez yordam brigadasi va Tibbiy ofatlar markazining ikkita brigadasi işlamoqda. Jabrlanganlar haqidagi malumotlar aniqlaştirilmoqda.

Naşrga köra, guvohlar tasvirga olgan kadrlarda korxona ustida kuçli yonğin va quyuq tutun kötarilayotgani aks etgan. Tezkor xizmatlar hodisani texnogen xususiyatga ega deb baholagan. Mazkur hududda havo hujumi haqida xabar berilmagan.

Malumotlarga köra, Krasnozavodsk kimyo zavodi patronlar va pirotexnika mahsulotlarini işlab çiqaradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Bolgariyaning markaziy qismidagi qurol-yaroğ saqlanadigan hududda portlaş bölib, hodisa sababli mamlakatdagi öq-dori omborlaridan birida yonğin çiqqan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: