USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston – Qozoğiston çegarasida kilometrlab tirbandlik yuzaga keldi

97 марта
Ўзбекистон – Қозоғистон чегарасида километрлаб тирбандлик юзага келди

Bugun, 20 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qozoğistonning Özbekiston bilan çegarasidagi bojxona postlarida yuk maşinalari töplanib qolgani aks etgan video tarqaldi. Biroq mazkur tasvirlar bir neça kun avval olingan bölib, ayni vaqtda ikki davlat örtasidagi çegara ötkaziş punktlari odatiy tartibda işlamoqda. Bu haqda Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev özining Telegram-kanalida munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, Qozoğistonning Turkiston viloyati Davlat daromadlari departamenti Özbekiston bilan çegaradagi ötkaziş punktlarida yuk maşinalari navbati haqida har 24 soatda malumot berib bormoqda.

Departament malumotiga köra, bugun, 20 noyabr kuni soat 09:00 holatida “B. Qonisboyev” avtomobil ötkaziş punktida 100 ta yuk maşinasi navbatda turgan. Mazkur postga tutaş Özbekistonning “Yallama” çegara bojxona punkti orqali esa bir sutkada 1,5 mingdan ziyod yuk avtomobili harakatlanmoqda.

Malum qilinişiça, joriy yilda Özbekiston va Qozoğiston çegara ötkaziş punktlari orqali harakatlanayotgan yuk avtomobillari soni sezilarli darajada oşgan. Agar 2021 yilda ikki davlat çegara-bojxona postlari orqali bir sutkada 1 165 ta yuk maşinasi ötgan bölsa, 2026 yil noyabr oyiga kelib bu körsatkiç 3 130 taga yetgan. Bu qariyb 2,7 barobar ösişni anglatadi.

Takidlanişiça, videolarda aks etgan yuk maşinalarining asosiy qismini ikki davlat hududi orqali tranzit tarzida harakatlanayotgan transport vositalari taşkil etadi. Bu esa, jumladan, Qozoğistonning Xitoy bilan çegarasidagi “Xorgos” ötkaziş punkti 24 soatlik iş rejimiga ötkazilgani bilan boğliq.

Natijada Xitoydan tovar olib kiriş jarayoni tezlaşgan, Özbekiston orqali Turkmaniston, Tojikiston va boşqa davlatlarga tranzit yuk taşiş hajmi ham oşgan.

Bundan taşqari, geosiyosiy va iqtisodiy vaziyat, şuningdek, boşqa ananaviy savdo-logistika yönalişlaridagi çeklovlar xalqaro yuk taşiş yönalişlarining qayta şakllanişiga sabab bölmoqda.

Ayni paytda çegarada navbatlar yuzaga kelişining oldini oliş maqsadida Özbekiston va Qozoğiston bojxona xizmatlari örtasida doimiy axborot almaşinuvi va hamkorlik yölga qöyilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston va Özbekiston çegarasida yuk maşinalari navbati 25 kilometrga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: