USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şimoliy Koreyada ÇatGPT’ning muqobili işlab çiqildi

42 марта
Шимолий Кореяда ChatGPT’нинг муқобили ишлаб чиқилди

Şimoliy Koreyada ilm-fan va texnologiyaga oid savollarga javob beradigan suniy intellekt çat-boti yaratildi. “Donişmandlik buloği” deb nomlangan uşbu tizim mamlakat davlat televideniyesida namoyiş etildi. Bu haqda “38 North” naşri xabar berdi.

Malum qilinişiça, “AI Service System 1.0, Fountain of Wisdom” (Suniy intellekt xizmati 1.0 — “Donişmandlik buloği”) deb nomlangan çat-bot Kim Ir Sen universiteti huzuridagi Suniy intellekt texnologiyalari tadqiqot instituti hamda Pxenyanda joylaşgan Phurunhanul Trading kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan.

Çat-bot joriy yilning 19–30 oktyabr kunlari Pxenyanda ötkazilgan Axborot texnologiyalari yutuqlari milliy körgazmasida namoyiş etilgan. Şuningdek, u 17 noyabr kuni mamlakatning Ryongnamsan talim telekanalida efirga uzatilgan lavhada ham körsatilgan.

Televideniye lavhalarida tizim interfeysi ÇatGPT’nikiga öxşaşi, unda yangi suhbat oçiş tugmasi va avvalgi muloqotlar röyxati mavjudligi köringan. Çat-bot koreys va ingliz tillarida berilgan ilm-fan hamda texnologiyaga oid savollarga javob bera oladi, şuningdek, matnlarni tarjima qiliş imkoniyatiga ega.

Qayd etilişiça, foydalanuvçilarga ijtimoiy-siyosiy mazmundagi yoki odob-axloq meyorlariga zid savollar beriş taqiqlangan. Tizim ekranida faqat ilm-fan va texnologiyaga oid savollar bilan murojaat qiliş kerakligi haqida ogohlantiriş ham aks etgan.

Çat-botning texnik imkoniyatlari va uning işlaşi uçun qanday uskuna yoki suniy intellekt modeli qöllanilayotgani oçiqlanmagan. Taxminlarga köra, Şimoliy Koreya mutaxassislari tizimning asosida AQŞ yoki Xitoyda işlab çiqilgan oçiq vaznli modellardan, jumladan, Google’ning Gemma yoki Alibaba’ning Qwen modelidan foydalangan bölişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq amerikalik milliarder Ilon Mask suniy intellektni rivojlantiriş uçun serverlar va hisoblaş markazlarini Yer atrofidagi orbitaga olib çiqişni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: