USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

YeI Putin hibsga olinmagani uçun Tojikistonni tanqid qildi

52 марта
ЕИ Путин ҳибсга олинмагани учун Тожикистонни танқид қилди

Yevropa Ittifoqi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Tojikistonga taşrif buyurganidan afsusda ekanini malum qildi. Bryussel Putinga nisbatan Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan hibsga oliş orderi berilganini eslatdi. Bu haqda Yevropa taşqi aloqalar xizmati (EEAS) bayonotida malum qilindi.

Qayd etilişiça, Tojikiston Xalqaro jinoiy sudning Rim statutiga azo davlat hisoblanadi. Şu sababli mamlakat hibsga oliş orderini bajarişi lozim edi.

“Evropa Ittifoqi Rim statuti tasiridagi, butun dunyo tinçligi, xavfsizligi va farovonligiga tahdid soladigan jinoyatlar jazosiz qolmasligi kerakligini eslatadi”, deyiladi Bryussel bayonotida.

Yevropa Ittifoqi barça davlatlarni XJS bilan töliq hamkorlik qilişga, hibsga oliş orderlarini tezkorlik bilan ijro etişga, şuningdek, sud bilan ixtiyoriy kelişuvlar tuzişga çaqirgan. Bayonotda aytilişiça, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi oqibatida sodir etilgan barça xalqaro jinoyatlar, inson huquqlari buzilişi uçun töliq javobgarlikni taminlaşga qatiy sodiq.

Bundan taşqari, Bryussel jabrlanuvçilarning odil sudlovga bölgan huquqlarini hurmat qiliş, yetkazilgan zararni qoplaş va kelajakda bunday jinoyatlarning oldini oliş kafolatlarini qöllab-quvvatlaydi.

Yevropa Ittifoqi XJS prokurori tomonidan Ukrainada olib borilayotgan tergovlarni qöllab-quvvatlaşda davom etmoqda va Rim statutiga azo barça davlatlarni sud bilan töliq hamkorlik qilişga çaqirmoqda.

“Evropa Ittifoqi yana bir bor XJSni, şuningdek, Ukrainaning xalqaro tan olingan çegaralari doirasidagi mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qatiy qöllab-quvvatlaşini malum qiladi”, deyiladi EEAS xabarida.

Malumot uçun, 2023 yil martida Xalqaro jinoiy sudi Vladimir Putinni Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilişda gumon qilib, hibsga olişga order bergan edi. Xuddi şunday order Prezident huzuridagi Bolalar huquqlari böyiça vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham çiqarilgan.

Eslatib ötamiz, 20 noyabr kuni ertalab Rossiya prezidenti Vladimir Putin amaliy taşrif bilan Tojikistonga borgan edi. Duşanbedagi xalqaro aeroportda uni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon kutib oldi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: