YeI Putin hibsga olinmagani uçun Tojikistonni tanqid qildi
10-10-2025, 09:37
551 марта

YeI Putin hibsga olinmagani uçun Tojikistonni tanqid qildi
Yevropa Ittifoqi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni hibsga olmagani uçun Tojikistonni Xalqaro jinoiy sud (XJS) talablarini bajarmaganlikda aybladi. Bu haqda Yevropa taşqi aloqalar xizmati bayonotida malum qilindi.
Bayonotda aytilişiça, Tojikiston Xalqaro jinoiy sudning Rim statutiga azo davlat sifatida öz majburiyatlarini bajarmagan, çunki u Putinni hibsga oliş böyiça orderni ijro etmagan va sammitda uni tantana bilan kutib olgan.
YeI, şuningdek, xalqaro huquq asosida barça jinoyatlar uçun javobgarlikka tortiş say-harakatlariga qatiy qöllab-quvvatlovini bildirgan.
“Evropa Ittifoqi Xalqaro jinoiy sud prokurori tomonidan Ukrainada olib borilayotgan tergovni qöllab-quvvatlaydi va barça davlatlarni hamkorlikka çaqiradi. Biz XJS mustaqilligini, şuningdek, Ukrainaning xalqaro tan olingan çegaralaridagi suvereniteti va hududiy yaxlitligini qatiy himoya qilamiz”, deyiladi uşbu bayonotda.Malumki, Tojikiston 2002 yildan beri Xalqaro jinoiy sud azosi sanaladi. Hozirda Putin mamlakatda Rossiya–Markaziy Osiyo sammiti hamda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi yiğilişida iştirok etmoqda.