Armanistonning yangi konstitutsiyasi loyihasi elon qilindi. Unda Qoraboğga oid havola yöq
Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan mamlakatning yangi Konstitutsiyasi loyihasini elon qildi. Hujjat maxsus saytga joylaştirilgan bölib, u yerda mamlakatning har bir fuqarosi loyiha matnini öqib çiqişi va öz takliflarini yuborişi mumkin.
Hujjatda 1990 yilgi Mustaqillik deklaratsiyasiga havola mavjud emas. Uşbu deklaratsiya muqaddimasida Armaniston SSR va Toğli Qoraboğning “Qayta birlaşiş töğrisida”gi qarori tilga olingan. Mazkur havolaning çiqarib taşlanişi Ozarbayjonning tinçlik şartnomasini tuziş uçun qöygan şartlaridan biri bölgan.
Konstitutsiya loyihasini referendumga qöyiş uçun Paşinyanga ovozlar yetişmayapti: hukmron “Fuqarolik şartnomasi” partiyasi parlamentdagi 105 örindan 64 tasini egallagan, referendum ötkazilişi uçun esa kamida 70 nafar deputat ovoz berişi lozim.
Joriy yilning 20 noyabr kuni parlamentda sözga çiqqan Paşinyan muxolifat deputatlarini referendumni zarur darajada qöllab-quvvatlaşga çaqirdi va agar saylovçilar yangi konstitutsiyaga qarşi ovoz bersa, bir hafta içida istefoga çiqişini malum qildi. Agar hujjat qabul qilinsa, u 2031 yilda yangi muddatga öz nomzodini qöymaslikka vada berdi.
Muxolifat yangi konstitutsiyani Ozarbayjonga yon bosiş deb hisoblab, unga qarşi çiqmoqda. Parlamentda jami 41 öringa ega bölgan har ikki muxolifat fraktsiyasi – “Kuçli Armaniston” va “Ayastan” Paşinyanning taklifini allaqaçon rad etgan.
Malumot uçun, Armaniston va Ozarbayjon örtasidagi Toğli Qoraboğ tufayli yuzaga kelgan mojaro SSSR parçalangan davrdan beri davom etib kelgan. 2023 yil sentyabr oyida Ozarbayjon mintaqa ustidan töliq nazorat örnatdi, şundan söng ön minglab etnik armanlar hududni tark etdi. 2024 yil 1 yanvarda tan olinmagan Artsax respublikasi (tarixiy armança nomi) rasman öz faoliyatini töxtatdi.
2025 yil avgust oyida Armaniston va Ozarbayjon Vaşingtondagi uçraşuvda tinçlik bitimini dastlabki tarzda kelişib oldi, biroq uni imzolamadi. Ozarbayjon tinçlik tuziş uçun ikkita şartni ilgari surdi: Qoraboğ mojarosini tartibga soliş bilan şuğullangan YeXHTning Minsk guruhini tugatiş va Armaniston konstitutsiyasini özgartiriş.
Baku Armaniston konstitutsiyasidan mamlakat Mustaqillik deklaratsiyasiga bölgan havolani çiqarib taşlaşga erişmoqçi, çunki undagi tariflarda Toğli Qoraboğga nisbatan hududiy davolar mavjud deb hisoblaydi.