Dunyoda neçta yadroviy kallak bor?
AQŞ Prezidenti Donald Tramp, XXR Raisi Si Tszinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Xitoydagi uç tomonlama sammitidan söng ular tomonidan qabul qilingan “Tinçlikni qöllab-quvvatlaş deklaratsiyasi”da yadro qurolini tarqatmaslik masalalari böyiça muloqot olib boriş niyati elon qilindi. Bu esa dunyodagi yadroviy kallaklar soniga yana bir bor etiborni qaratdi.
Hujjatda uç yetakçi yadro uruşida ğoliblar bölmasligini va uning yuzaga kelişiga yöl qöymaslik zarurligini tasdiqlagani qayd etilgan. Şuningdek, uç davlat yadroviy xatarlarni kamaytiriş va yadro qurolini tarqatmaslik masalalari böyiça muloqot olib borişi takidlangan. Uşbu band davlatlarning yadroviy salohiyatiga yana bir bor etibor qaratdi.
Stokgolm tinçlik muammolarini tadqiq qiliş xalqaro institutining (SIPRI) 2026 yilgi malumotlariga köra, deklaratsiyani imzolagan Rossiya, AQŞ va Xitoy yadroviy kallaklar soni böyiça dunyoda birinçi uç örinni egallab turibdi.
Rossiyada 5 420 ta, AQŞda 5 042 ta, Xitoyda 620 ta yadroviy kallak mavjud. Keyingi örinlarda 370 ta kallak bilan Frantsiya, 225 ta bilan Buyuk Britaniya, 190 ta bilan Hindiston va 170 ta bilan Pokiston bormoqda.
Yadro qurolini yöq qiliş böyiça xalqaro kampaniyaning (ICAN) 2026 yil iyun oyidagi hisobotiga köra, 2025 yilda AQŞning yadro quroliga sarflagan xarajatlari 69,2 milliard dollarga, Xitoyniki 13,5 milliard dollarga, Rossiyaniki 9,5 milliard dollarga baholangan.
Hisobotda qayd etilişiça, yadroviy qurollaniş xarajatlari Xitoy, Frantsiya, Hindiston, Isroil, Şimoliy Koreya, Pokiston, Rossiya, Buyuk Britaniya va AQŞ kabi davlatlarda oldingi yilga nisbatan oşgan.
“2025 yilda yadro quroliga ega töqqizta davlat öz yadroviy arsenallariga 118,8 milliard dollar yoki soniyasiga 3 768 dollar sarfladi. Bu kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori körsatkiçdir”, deyiladi hisobotda.
Şunday qilib, yadro quroliga sarflangan jahon xarajatlari ötgan yilga nisbatan 19 foizga ösib, rekord darajadagi 118,8 milliard dollarga yetgan.
Yadroviy arsenallarning hozirgi holati
SIPRI baholariga köra, hozirgi vaqtda töqqizta davlat yadro quroliga ega: AQŞ, Rossiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Şimoliy Koreya va Isroil.
Isroil Yaqin Şarqda yadro quroliga ega yagona davlat hisoblanadi.
SIPRI’ning 2026 yilgi malumotlariga köra, 2025 yilda barça töqqiz yadroviy derjava öz yadro arsenallarini modernizatsiya qiliş va mustahkamlaş dasturlarini davom ettirgan. Ularning aksariyati yil davomida yadro qurolini olib yurişga qodir bölgan yoki uni yetkazib berişga möljallangan yangi qurol tizimlarini joylaştirgan.
2026 yil yanvar holatiga köra berilgan baholarga binoan, umumiy jahon arsenali taxminan 12 187 ta yadroviy kallakni taşkil etadi.
Ulardan taxminan 9 745 tasi harbiy omborlarda saqlanmoqda va potentsial ravişda qöllanilişi mumkin. 2026 yil yanvar holatiga köra, harbiy zaxiralarda mavjud bölgan kallaklarning taxminan 4 012 tasi raketalar va samolyotlarga joylaştirilgan, qolganlari esa markazlaştirilgan omborlarda saqlanadi.
2025 yil yanvar oyidagi baholar bilan soliştirganda, jangovar şay holatga keltirilgan kallaklar soni taxminan 100 taga köpaygan.
SIPRI baholariga köra, 2 100 dan 2 200 tagaça joylaştirilgan kallaklar ballistik raketalarda yuqori tezkor tayyorgarlik holatida turibdi. Uşbu kallaklarning deyarli barçasi Rossiya va AQŞga tegişli.
Institut malumotlariga köra, harbiy zaxiralarda saqlanayotgan va potentsial qöllanilişga tayyor bölgan yadroviy kallaklarning taxminan 83 foizi, şuningdek, dunyodagi barça yadroviy kallaklarning taxminan 86 foizi AQŞ va Rossiya hissasiga töğri keladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ğarb razvedka xizmatlari Rossiya joriy yil oxirigaça yadroviy kallak bilan jihozlangan suniy yöldoşni kosmosga uçirişi mumkinligidan ogohlantirayotgani haqida xabar berilgan edi. Germaniya harbiylari ham ehtimoliy uçiriş muddati dekabr oyining boşiga töğri kelişi mumkinligini bildirgan.