Finlyandiya Prezidenti mamlakatga yadroviy qurol olib kirişga ruxsat berdi
Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb mamlakat hududiga yadroviy qurolni import qilişga ruxsat berdi. Bu haqda Finlyandiya parlamenti rasmiy saytida xabar qilindi.
Malum qilinişiça, Aleksandr Stubb mamlakat hududi orqali yadroviy qurolni olib kiriş va tranzit qilişga qöyilgan taqiqni bekor qilişni nazarda tutuvçi “Yadro energetikasi töğrisida”gi qonunga kiritilgan özgartişlarni maqullagan. Yangi qabul qilingan qonun 1 iyuldan kuçga kiradi.
Eslatib ötamiz, mazkur taşabbus Finlyandiya parlamentiga aprel oyida kiritilgan edi. Mamlakat Mudofaa vaziri Antti Xyakkanen yadro qonunçiligiga kiritilayotgan özgartişlar NATO standartlariga muvofiqlaşiş uçun zarurligini aytgandi.
Şuningdek, u qonun qabul qilinganidan keyin ham Finlyandiya Yadroviy qurolni tarqatmaslik töğrisidagi şartnoma va boşqa xalqaro majburiyatlarga rioya qilişda davom etişini takidlagan.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa bunday qurollarning Finlyandiyada joylaştirilişi Rossiya uçun tahdid ekanini va Moskva bunga javob çoralari körişini ogohlantirgandi.
Malumot uçun, 1987 yilda Finlyandiyada qabul qilingan “Yadro energetikasi töğrisida”gi qonun mamlakat hududida yadroviy portlovçi moddalarni import qiliş, işlab çiqariş, saqlaş va portlatişni taqiqlagan edi.