Finlyandiya yadroviy qurol olib kirişga ruxsat berişi mumkin
24-04-2026, 09:04
159 марта

Finlyandiya yadroviy qurol olib kirişga ruxsat berişi mumkin
Finlyandiya hukumati yadroviy qurolni olib kiriş va saqlaşga ruxsat berişni taklif qilmoqda. Bu haqda bugun, 23 aprel kuni mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.Qayd etilişiça, hukumat parlamentga mudofaa bilan boğliq holatlarda yadroviy qurolni olib kiriş, taşiş, yetkazib beriş va saqlaşga ruxsat beriş haqida taklif kiritgan.
“Hukumat parlamentga atom energetikasi töğrisidagi qonun va Jinoyat kodeksiga özgartirişlar kiritiş böyiça taklif taqdim etdi”, deyiladi xabarda.
Hukumat taklifiga köra, qonunga kiritiladigan özgartirişlar Finlyandiyada yadroviy qurolni “Finlyandiya mudofaasi, NATOning jamoaviy mudofaasi yoki mudofaa hamkorligi doirasida” olib kiriş, taşiş, yetkazib beriş va saqlaş imkonini beradi. Bu taşabbus bilan ilk bor mamlakat harbiy idorasi rahbari Antti Hyakkanen çiqqan.
Qayd etiş joiz, ötgan hafta Xelsinki respublika tinçlik paytida özida ommaviy qirğin qurollarini joylaştirmasligi va yadroviy davlatga aylanmasligini tasdiqlagan maruza elon qilgandi. Şu bilan birga, Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday qurollarning Finlyandiyada joylaştirilişi Rossiya uçun tahdid ekanini va Moskva bunga javob çoralarini körişini ogohlantirdi.