Rossiya yadroviy dvigatelli raketani sinovdan ötkazdi
26-10-2025, 15:57
165 марта

Rossiya yadroviy dvigatelli raketani sinovdan ötkazdi
Ukrainaga qarşi uruş davom etayotgan bir paytda Rossiya yadroviy energiya bilan işlaydigan, çeksiz masofaga uçiş qobiliyatiga ega “Burevestnik” qanotli raketasini sinovdan ötkazdi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 26 oktyabr kuni Boş ştab rahbari Valeriy Gerasimov bilan uçraşuvda malum qildi.Putinning sözlariga köra, bu haftada Rossiya Qurolli kuçlari strategik hujumçi kuçlarning maşğulotini ötkazgan va unda “strategik yadroviy kuçlarning barça uçta tarkibiy qismi böyiça şartli harbiy pusklar amalga oşirilgan”, şuningdek “perspektiv qurol namunalari” sinovdan ötkazilgan.
.png)
Rossiya Prezidenti “Burevestnik”ni “dunyoda tengi yöq, unikal işlanma” deb atadi.
“Bu dunyoda heç kimda yöq mahsulot. Endi uning qöllaniş imkoniyatlarini aniqlab, bu qurolni Qurolli kuçlar tarkibida joylaştiriş uçun infratuzilmani tayyorlaşni boşlaş kerak”, dedi u.Gerasimovning malum qilişiça, “Burevestnik” 21 oktyabr kuni sinovdan ötkazilgan, 14 000 kilometr masofani bosib ötgan va taxminan 15 soat havoda bölgan.
“Raketaning texnik xususiyatlari uni istalgan masofadagi yuqori darajada himoyalangan obektlarga aniq zarba beriş imkonini beradi”, dedi u.