Putin SNV-3 ni uzaytirişni taklif qildi
6-10-2025, 15:43
84 марта

Putin SNV-3 ni uzaytirişni taklif qildi
Joriy yil 22 sentyabr kuni Rossiya Xavfsizlik kengaşi majlisida Prezident Vladimir Putin mamlakat hujjat muddati 2026 yil 5 fevralda tugaganidan keyin ham kamida bir yil davomida kelişuvga rioya qilişga tayyor ekanini malum qildi.
“Bu kelişuv merosidan töliq voz keçiş köp jihatdan xatoli va köra bilmaslik bölar edi”, dedi Putin.Şu bilan birga, u SNV-3 amal qiliş muddati tugagaç, yadroviy-raketaviy salohiyatni çeklovçi oxirgi xalqaro bitim yöqolişini takidladi.
“Men uçun bu yaxşi ğoyadek tuyuladi”, dedi Tramp keça, 5 oktyabr kuni Oq uyda bölib ötgan brifingda jurnalist savoliga javoban.SNV-3 2010 yilda Rossiya va AQŞning öşa paytdagi prezidentlari Dmitriy Medvedev va Barak Obama tomonidan imzolangan edi. 2021 yilda şartnoma yana 5 yilga uzaytirildi.
Biroq 2022 yil 24 fevralda Ukrainaga qarşi töliq miqyosli uruş boşlanganidan söng Kreml rahbari bir neça bor yadroviy qurol işlatiş bilan tahdid qildi. Şuningdek, Rossiya oxirgi yillarda yadroviy doktrinasini qayta körib çiqdi va Belarus hududiga yadroviy qurol joylaştirdi.
2023 yil fevral oyida esa Moskva NATOni Rossiyaning strategik obektlariga qilingan zarbalarda ayblab, SNV-3dagi iştirokini töxtatganini elon qildi.