Rossiya uruşni yana davom ettirişini elon qildi
31-08-2025, 19:01
456 марта

Rossiya uruşni yana davom ettirişini elon qildi
Rossiya özining Ukrainada olib borayotgan va “maxsus harbiy operatsiya” deya atayotgan uruşini yana davom ettiradi. Bu haqda Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği, armiya generali Valeriy Gerasimov keça, 30 avgust kuni malum qildi.Uning sözlariga köra, 2025 yilning mart oyidan beri Rossiya qöşinlari 149 ta aholi punkti va 3,5 ming kvadrat kilometrdan ortiq Ukraina hududini egallab olgan.
Gerasimovning Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy Telegram-kanalida elon qilingan bayonotiga köra, Rossiya armiyasi Lugansk viloyatining 99,7 foizini va Donetsk viloyatining 79 foizini, şuningdek, Zaporoje viloyatining 74 foizini va Xerson viloyatining 76 foizini egallab olgan.
Rossiya Boş ştabi rahbarining sözlariga köra, bahor-yoz oylarida Rossiya Qurolli kuçlari Ukrainadagi 76 ta strategik obektga, jumladan, raketa tizimlari va uzoq masofali dronlar işlab çiqaruvçi korxonalarga zarba bergan. Gerasimov, şuningdek, Rossiya armiyasining topşiriqlarini bajarişi hujum operatsiyalari bilan davom etişini aytdi.
Valeriy Gerasimov 28 avgust kuni beş qavatli turar-joy binosi vayron bölgan va 25 kişining hayotiga zomin bölgan Rossiyaning Kiyevga bergan zarbasini alohida tilga oldi. Gerasimovning sözlariga köra, öşa kuni rus qöşinlari Ukrainaning raketa va aviatsiya sanoati korxonalari, jumladan, “Spetsoboronmaş” va Kiyev radiozavodiga zarba bergan.