Finlyandiya Prezidenti Özbekistonga keladi
18-10-2025, 13:24
312 марта

Finlyandiya Prezidenti Özbekistonga keladi
Joriy yilning 30-31 oktyabr kunlari Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb Özbekistonga rasmiy taşrif bilan keladi. Bu haqda Finlyandiya rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Taşrif doirasida 31 oktyabr kuni Toşkentda Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv bölib ötadi. Suhbat çoğida tomonlar Finlyandiya va Özbekiston örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi geosiyosiy vaziyat, Rossiyaning Ukrainaga qarşi harakati, şuningdek, köp tomonlama tizimni qöllab-quvvatlaş borasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
Taşrif davomida Prezident Stubb biznes seminarida iştirok etadi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida maruza öqiydi hamda taşqi siyosat böyiça mutaxassislar bilan uçraşadi.
Prezident delegatsiyasi tarkibida parlament azosi va Finlyandiya–Özbekiston döstlik guruhi raisi Ville Skinnari hamda Finlyandiya savdo va sanoat vakillari böladi.
Malumot uçun, sönggi bor 1992 yilda Finlyandiya prezidentlaridan Mauno Koyvisto Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelgan edi.