Pokiston tarixidagi ilk kosmonavt koinotga parvoz qildi
Pokistonlik Muhammad Zişan Ali mamlakat tarixida koinotga çiqqan ilk fuqaro böldi. U, şuningdek, Xitoyning “Tyangun” kosmik stantsiyasiga borgan birinçi xorijlik kosmonavt sifatida tarixga kirdi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Malum qilinişiça, 40 yoşli Zişan Ali bugun, 25 noyabr kuni Xitoyning şimoli-ğarbidagi Tszyutsyuan kosmik markazidan Xitoyda işlab çiqarilgan raketa orqali koinotga uçgan. U parvozdan söng “Tyangun” kosmik stantsiyasiga muvaffaqiyatli yetib borgan.
Kosmonavtning koinotdagi safari 5 kundan 10 kungaça davom etişi rejalaştirilgan. Bu Xitoy astronavtlari odatda kosmik stantsiyada ötkazadigan olti oylik missiyalardan ança qisqa.
Zişan Ali parvoz oldidan jurnalistlarga bu safar faqat uning şaxsiy yutuği emasligini, u Pokiston nomidan koinotga yöl olayotganini aytgan. U missiyaga tayyorgarlik doirasida Xitoyda bir neça oy davomida maşğulotlar ötagan va xitoy tilini ham örgangan.
Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif uşbu voqeani mamlakat uçun tarixiy hodisa deb atagan. Uning takidlaşiça, bu nafaqat bir kosmonavtning, balki 240 million pokistonlikning, yoş avlod, olimlar va ularning orzularining koinot sari yölidir. Şuningdek, u Xitoyga Pokistonni uşbu tarixiy missiyaga qöşgani uçun minnatdorlik bildirgan.
Xitoy rahbari Si Tszinpin ham ikki davlat kosmonavtlari iştirokidagi qöşma missiya Pekin va Islomobod örtasidagi mustahkam döstlikning yorqin ifodasi ekanini takidlagan.
Mazkur parvoz Xitoy uçun ham muhim diplomatik ahamiyatga ega. Pekin “Tyangun” kosmik stantsiyasini faqat Xitoyga tegişli ilmiy majmua emas, balki xalqaro tadqiqotlar uçun oçiq platforma sifatida namoyiş etişga intilmoqda.
Malumot uçun, Xitoy 2030 yilgaça öz kosmonavtini Oyga yuborişni rejalaştirgan. AQŞ esa 2028 yilda, 1972 yildagi “Apollon-17” missiyasidan keyin ilk bor Oyga inson yuborişni maqsad qilgan. Şuningdek, Xitoy 2035 yilgaça Rossiya bilan hamkorlikda Oyda ilmiy-tadqiqot bazasini taşkil etişni rejalaştirmoqda.