Putin Tramp «köz ostiga olgan» konni qölga kiritdi
28-06-2025, 14:59
659 марта

Putin Tramp «köz ostiga olgan» konni qölga kiritdi
Rossiya armiyasi Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Şevçenkovo posyolkasini öz nazoratiga oldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi malum qildi.Le Figaro gazetasining yozişiça, uşbu posyolkada Ukrainaning eng boy litiy koni joylaşgan.
Ukraina Milliy fanlar akademiyasiga köra, 40 gektar hududni egallagan konda 90 foizga qadar litiy rudasi zaxirasi mavjud. Uşbu qimmatli madanni u qadar katta sarmoyasiz qazib oliş mumkin. Bundan taşqari, uşbu hududda tantal, niobiy, berilliy, tseziy, rubidiy kabi qimmatli madanlar zaxirasi saqlanadi. Dunyo miqyosida elektronika va boşqa texnologiyalarni işlab çiqariş uçun qimmatli madanlarga talab oşib borayotgan bir vaqtda Şevçenkovo koni strategik ahamiyatga ega obekt sanaladi.
Avvalroq Rossiya armiyasi Ukrainaning Zaporoje viloyatidagi Krutaya Balka litiy konini ham bosib olgandi. Şu tariqa hozirda Moskva Ukrainaning tört yirik litiy konlaridan ikkitasini nazorat qilmoqda. Qolgan ikki litiy koni (Dobra va Poloxovskoye) Kirovograd viloyatida joylaşgani va uşbu obektlardan litiyni qazib oliş katta sarmoya talab etişi aytiladi.
1991 yil holatiga köra, Ukrainaning umumiy litiy zaxirasi 500 ming tonna deb baholangan. Ammo uruşga qadar litiy konlarida sanoat miqyosida qazib oliş işlari boşlanmagan edi.
Ekspertlar strategik ahamiyatga ega litiyning ahamiyati tobora oşib borayotgani va kelajakda aynan uşbu madan uçun uruşlar röy berişini aytib keladi.
Qayd etiş joizki, AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina konlariga, xususan, litiy kabi muhim madanlarga qiziqiş bildirib kelmoqda.
Avval xabar berganimizdek, joriy yil 30 aprel kuni Vaşington va Kiyev bir neça oyga çözilgan diplomatik tortişuvlardan keyin Ukrainaning foydali qazilmalarini tasarruf etişga doir şartnomani imzoladi.
Hujjatga muvofiq, Vaşington va Kiyev Ukrainani tiklaş va sarmoyalar jalb etiş böyiça qöşma jamğarma tuzadi. Ukraina hududidagi barça foydali qazilmalar Kiyev ixtiyorida qoladi. Jamğarma esa «50/50» tamoyili asosida işlaydi, yani boşqaruvda ham, foydada ham tomonlar teng ovozga ega böladi.
Oq uy mamuriyati Ukrainaga foydali qazilmalarga oid bitim imzolaş borasida kuçli bosim ötkazdi. Jumladan, prezident Tramp AQŞ Ukrainaga uruş boşlanganidan buyon 350 milliard dollar kömak berganini aytib, Kiyev hukumatidan foydali qazilmalari orqali 500 milliard dollar kompensatsiya qaytarişni talab qildi.
Prezident Zelenskiy esa AQŞ Ukrainaga 350 milliard dollar emas, balki 100 milliard dollar bergani, uni ham qarz emas, grant sifatida ajratganini bildirdi.
«Men ön avlod ukrainaliklar yelkasida yuk böladigan bitimni imzolamayman», – deya Vaşington taklif etgan ilk hujjatga imzo çekişdan boş tortdi Zelenskiy.
Joriy yil 28 fevral kuni Vaşington va Kiyev örtasida foydali qazilmalarga doir bitim imzolaşi rejalaştirilgan Oq uydagi uçraşuv Tramp va Zelenskiyning misli körilmagan diplomatik ziddiyati bilan yakunlangani malum.