Londonga ketayotgan poyezdda 33 yoşli erkak 14 kişini piçoqladi
Buyuk Britaniyada Londonga ketayotgan poyezdda 33 yoşli Entoni Uilyams 14 kişini öldirişga urinişda aybdor deb topildi. U ikki kun davomida jami 14 kişiga, jumladan, ikki nafar ösmirga hujum qilgan. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea 2025 yil 31 oktyabr va 1 noyabr kunlari sodir bölgan. Uilyams dastlab Piterboroda uç kişiga, şuningdek, Londonning Docklands Light Railway temiryöl liniyasida 17 yoşli ösmirga hujum qilgan. Şundan söng u Donkasterdan Londonning Kinğs Cross vokzaliga ketayotgan LNER poyezdiga çiqqan va yölovçilarga piçoq bilan hujum qilgan.
Sudda malum qilinişiça, Uilyams poyezd içida bir vagondan boşqasiga ötib, yölovçilarni piçoqlagan. Vagonlardan çiqib ketiş imkoni bölmagani sababli odamlar uning hujumidan qoçişda qiynalgan. Hujum oqibatida bir neça kişi oğir jarohat olgan.
Hujum vaqtida ayrim yölovçilar Uilyamsni töxtatişga uringan. 61 yoşli Stiven Kren unga qarşilik körsatganida piçoqlangan. Uilyams unga hujum qilişdan oldin “Ölişni xohlaysanmi?” deb savol bergan. Krenning boşiga yetkazilgan jarohat miyadan atigi 0,79 santimetr uzoqlikda bölgan.
Yana bir yölovçi Skott Grin ham hujumçining qölidagi piçoqni tortib olişga uringanida jarohatlangan. Poyezd xodimi Samir Zituni esa Uilyamsni töxtatiş uçun unga tova bilan qarşilik körsatgan. U ham bir neça marta piçoq zarbasini olgan.
Uilyams sudda 14 kişiga oğir tan jarohati yetkazganini tan olgan, biroq ularni öldirişga uringanini rad etgan. Himoya tomoni uning hujum vaqtida şizofreniya sababli ötkir psixoz holatida bölganini bildirgan. Himoyaga jalb qilingan psixiatrning aytişiça, Uilyams öziga qarşi iblis tomonidan uyuştirilgan fitna borligiga işongan va odamlar unga zarar yetkazmoqçi deb öylagan.
Şuningdek, sudda Uilyams hujumdan bir oy oldin oilaviy şifokoriga murojaat qilib, ruhiy holati yomonlaşayotganini aytgani malum bölgan. Şifokor uning dori dozasini oşiriş kerakligini bildirgan. Hujumdan töqqiz kun oldin Uilyams yana şifokor bilan boğlangan, ammo keyinçalik undan xabar bölmagan.
Uilyamsning ruhiy salomatligi bilan boğliq muammolari va avvalgi sudlanganlik holatlari sababli hujumning oldini oliş mumkin bölgan-bölmagani yuzasidan ham savollar paydo bölgan. Buyuk Britaniya Milliy soğliqni saqlaş xizmati unga körsatilgan tibbiy yordamni tekşirişini bildirgan. Politseyskiylarning hujumdan bir oy oldin sodir bölgan boşqa bir tajovuz holatini tekşirişdagi ehtimoliy kamçiliklari ham örganilmoqda.
Keça, 26 noyabr kuni olti hafta davom etgan sud jarayoni yakunida sudyalar hayati Uilyamsni 14 kişini öldirişga uriniş böyiça barça ayblovlarda aybdor deb topdi. Unga jazo keyinroq tayinlanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Uganda poytaxti Kampala şahridagi bolalar boğçasida nomalum erkak bolalarni piçoqlagan edi.