Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Quvaytda Eron droni hujumi oqibatida ikki italiyalik halok böldi

0 марта
Қувайтда Эрон дрони ҳужуми оқибатида икки италиялик ҳалок бўлди

Quvaytda Germaniyaning Rheinmetall qurol işlab çiqaruvçi kompaniyasiga qaraşli obektga dron hujumi uyuştirildi. Hujum oqibatida kompaniyaning ikki nafar italiyalik xodimi halok böldi. Italiya va Quvayt hujumda Eronni ayblamoqda, Tehron esa bunga aloqadorligini rad etdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Italiya Taşqi işlar vazirligining malum qilişiça, halok bölganlar kompaniyada texnik mutaxassis bölib işlagan. Ular Quvayt Qurolli kuçlari foydalanadigan havo hujumidan mudofaa tizimlariga texnik xizmat körsatayotgan bölgan.

Quvayt Mudofaa vazirligi avvalroq Eron tomonidan uçirilgan bir neçta dron aniqlanib, tutib olinganini bildirgan. Dronlar qoldiqlari tuşişi oqibatida ikki italiyalik, bir quvaytlik va bir pokistonlik – jami tört kişi jarohatlangan. Keyinçalik ikki italiyalikning vafot etgani tasdiqlangan.

Quvayt armiyasi hujum mamlakatdagi muhim obektlardan biriga qaratilganini va bu Eron tajovuzi ekanini bildirgan. Italiya Taşqi işlar vaziri esa tergov davomida hujumda işlatilgan dron Eronda işlab çiqarilgani aniqlanganini aytgan. Uning sözlariga köra, mintaqada Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan kuçlar ham hujumlar uyuştirib keladi.

Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi mamlakatning hujumga aloqasi yöqligini bildirgan. U hodisani “şubhali“ deb atab, uning sabablarini aniqlaş uçun Quvayt va Italiya bilan hamkorlik qilişga tayyorligini aytgan. Eron qurolli kuçlari vakili Abulfazl Şekarçi ham mamlakat heç qanday harbiy yoki hujumkor operatsiya ötkazmaganini takidlagan.

Germaniyaning Rheinmetall kompaniyasi ikki xodimining ölimini tasdiqlab, hamdardlik bildirgan. Kompaniya bayonotida ular havo hujumidan mudofaa tizimlariga texnik yordam körsatiş vaqtida halok bölgani aytilgan. Italiya matbuotiga köra, halok bölganlardan biri 36, ikkinçisi esa 65 yoşda bölgan.

Italiya Boş vaziri Jorja Meloni marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen esa Eronning Fors körfazidagi qöşni davlatlarga qarşi hujumlarini töxtatiş uçun unga bosimni kuçaytirişga çaqirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: