Töqayev TikTok’ni yoşlar miyasini “öldiradigan dahşatli narsa” deb atadi
Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev TikTok platformasini, ayniqsa, yoşlar uçun zararli deb baholadi. Uning fikriça, smartfondan faqat qönğiroq qiliş, yozişiş yoki video köriş uçun emas, balki daromad topiş va raqamli imkoniyatlardan foydalaniş uçun ham foydalaniş kerak. Töqayev bu fikrni joriy yilning 26 noyabr kuni Moskvada bölib ötgan AI Journey 2026 konferentsiyasidan söng suniy intellekt sohasidagi yoş istedodlar bilan uçraşuvda bildirgan.
“Biz qişloq aholisini internetdan öz manfaati yölida foydalanişga örgatişimiz kerak. Hozir hamma smartfondan foydalanadi, lekin negadir u faqat qönğiroq qiliş, yozişiş, qandaydir filmlarni köriş va TikTok uçun möljallangan deb öylaşadi. Mana şu TikTok – insonning, ayniqsa, yoş yigit-qizlarning miyasini öldiradigan dahşatli narsa”, deydi u.
Töqayev Qozoğistonda xalq raqamli iqtisodiyotini yaratişga intiliş borligini takidlagan. Uning aytişiça, smartfondan töğri va mohirona foydalanilsa, internet mavjud bölgan qişloq yoki ovulda ham daromad topiş mumkin.
“Men mana şuni xalq raqamli iqtisodiyoti deb atayman”, deya qöşimça qilnan Prezident.
Takidlaş joizki, TikTok platformasi Qozoğistonda taqiqlanmagan. Töqayev ötgan yil oktyabr oyida MDH iştirokçi davlatlari rahbarlari kengaşi yiğilişidagi nutqida ham uşbu platformani tilga olgan.