TikTok blokdan çiqarilişi mumkin
Qirğiziston Davlat soliq xizmati rahbari Almambet Şikmamatov Qirğizistonda TikTok’ni blokdan çiqariş tarafdori ekanini malum qildi va raqamli platformalarda mahalliy mualliflarning daromad topişi uçun şaroit yaratiş zarur deb hisoblaşini bildirdi. Bu haqda u bugun, 17 iyun kuni jurnalistlar va blogerlar bilan kreativ industriya vakillarini soliqlardan ozod qilişni nazarda tutuvçi soliq islohoti muhokamasidan söng aytib ötdi.
Şikmamatovning sözlariga köra, bugungi kunda TikTok’ni taqiqlaş kutilgan samarani bermayapti, çunki foydalanuvçilar VPN xizmatlari orqali platformadan foydalanişda davom etmoqda.
“Odamlar baribir TikTok’ni VPN orqali tomoşa qilişyapti. Bundan qoçib qutulib bölmaydi. Men TikTok’ni oçiş kerak deb hisoblayman. Agar uşbu masala böyiça ovoz beriş ötkazilganda, men oçiş uçun ovoz bergan bölardim”, deydi Davlat soliq xizmati rahbari.
U zamonaviy raqamli platformalar iqtisodiyotning muhim qismiga va davlat yordamisiz mustaqil ravişda kontent yaratib, daromad topayotgan yoşlar uçun tirikçilik manbaiga aylanganini takidlagan.
Bundan taşqari, Şikmamatov rasmiylar qirğizistonlik foydalanuvçilar uçun YouTube monetizatsiyasini töliq işga tuşiriş imkoniyatlarini muhokama qilayotganini malum qildi. Uning sözlariga köra, bu masala Kreativ industriyalar parki vakili Doniyor Omonaliyev bilan allaqaçon kötarilgan.
Soliq xizmati rahbari monetizatsiyani ulaş uçun Google kompaniyasi bilan faolroq hamkorlik qiliş va Qirğizistonni xalqaro darajada tarğib etiş zarur deb hisoblaydi.
“Bugungi kunda köplab qirğizistonliklar sifatli kontent yaratmoqdalar, biroq YouTube’da töliq daromad topa olmayaptilar. Biz monetizatsiya Qirğiziston uçun ham oçilişi ustida işlaşimiz kerak”, deya qayd etgan u.
Şikmamatovning fikriça, blogerlik, kreativ industriya va raqamli kontentning rivojlanişi kelajakda mamlakat iqtisodiyoti uçun yangi daromad manbalaridan biriga aylanişi va soliq tuşumlarini oşirişi mumkin.
Malumot uçun, Qirğizistonda TikTok ijtimoiy tarmoğiga kiriş 2024 yilning aprel oyida bloklangan. Raqamli rivojlaniş vazirligi tuzilmalari Milliy xavfsizlik davlat qömitasi murojaati asosida internet-provayderlarga tegişli talabni yuborgan. Bu qaror bolalarni ularning jismoniy, intellektual, ruhiy, manaviy va axloqiy rivojlanişiga zarar yetkazişi mumkin bölgan kontentdan himoya qiliş zarurati bilan izohlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov iqtisodiyotning bir qator sohalari uçun yengilliklarni nazarda tutuvçi Soliq tizimi va soliq mamuriyatçiligini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi farmonni imzolagani haqida xabar berilgan edi. Unga köra, blogerlar 5 yilga soliqlardan ozod qilindi.