Qirğiziston çorvaning asosiy qismini Özbekistonga eksport qilyapti
2026 yilning yanvar-sentyabr oylarida tirik hayvonlar savdosi geografiyasi eksportning deyarli töliq Özbekistonga yönaltirilganini körsatdi – qoramol yetkazib beriş hajmining 95,1 foizi aynan uşbu mamlakatga jönatilgan. Importda esa Rossiya, Vengriya va Qozoğiston yetakçilik qilmoqda. Bu haqda Qirğiziston Milliy statistika qömitasi malumotlarida aytilgan.
Yil boşidan buyon tirik hayvonlar savdosi jami 16,4 million dollarga yetgan. Sentyabr oyida u ilk bor ijobiy körsatkiçga çiqqan.
Yanvar-sentyabr oylarida tirik hayvonlar eksporti 9,4 million dollarni taşkil etgan. Yetkazib beriş qiymati bir yil içida 22,5 foizga ösgan (2025 yilning töqqiz oyida — 7,7 million dollar bölgan).
Xorijga yetkazib berişning asosiy qismini hamon qoramol savdosi taşkil etmoqda – 8,9 million dollarlik 43 ming 652 boş. Uning eksporti qiymati 3,5 barobarga oşgan, soni esa 175,7 foizga köpaygan.
Barça yetkazib berişlar faqat Özbekistonga amalga oşirilgan. Qöy va eçkilar ham Özbekistonga sotilgan. Ularning eksporti atigi 123,2 ming dollar daromad keltirgan.
Qirğiziston 7 million dollarlik tirik hayvonlar import qilgan. Bir yil davomida körsatkiç 21,6 foizga qisqargan (avval 8,9 million dollar edi).
Xaridlarning katta uluşi uy parrandalari hissasiga töğri kelgan – 2,8 million dollarlik 1 million 378,1 ming dona. Ularning asosiy yetkazib beruvçilari Vengriya, Rossiya va Özbekiston bölgan.
Qoramoldan esa respublika 2,3 million dollarga (8 ming 740 boş) sotib olgan. Import bir yil içida qiymat jihatidan 58,5 foizga, son jihatidan esa 53 foizga kamaygan. Çorva mollari asosan Rossiyadan olib kelingan.
Bundan taşqari, Qirğizistonga 1,8 million dollarga 1 ming 793 ta ot, eşak va xaçir olib kirilgan. Unda ham yetkazib beriş hajmi ham qiymat (47,2 foizga), ham son (63,2 foizga) jihatidan pasaygan. Yetkazib berişlar Yevropa davlatlaridan, jumladan, Polşadan amalga oşirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston Jogorku Keneşining moliya, byudjet, tadbirkorlik va raqobatni rivojlantiriş böyiça qömitasining 2025 yilgi byudjeti ijrosi töğrisidagi hisobotni muhokama qiliş yiğilişida deputat Ulanbek Jeenbayev Qirğizistondan Özbekistonga göşt kontrabandasi davom etayotganini aytgan edi.