Yevropa sammitlariga keçikib kelib, ularni birinçi tark etadigan yetakçi nomi aytildi
Slovakiya Boş vaziri Robert Fitso Yevropa yetakçilari sammitlariga köpinça keçikib keladi, uçraşuvlar yakunlanmasidan avval ketadi va boşqa davlat rahbarlari bilan norasmiy suhbatlarda qatnaşmaydi. U hatto oktyabr oyida Bryusselda ötgan Yevropa Ittifoqi sammitini tark etib, Serbiyada Aleksandr Vuçiçni qöllab-quvvatlaş mitingiga borgan. Bu haqda slovak va yevropalik diplomatlarga tayanib, “EUobserver” naşri xabar berdi.
“EUobserver” suhbatdoşlarining aytişiça, boşqa davlat rahbarlari köpinça Fitso bilan muloqot qilmaydi. Yetakçilar norasmiy muzokaralar olib borayotgan vaqtda Slovakiya Boş vaziri delegatsiyalar uçun ajratilgan alohida xonada ötirişni afzal köradi.
Naşrlar bunga joriy yilning 12 noyabr kuni Dublinda bölib ötgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitini misol qilib keltirgan. Tadbir soat 11:30 da boşlangan bölsa-da, Fitso Bratislavadan soat 13:15 da uçgan. Bu vaqtda boşqa davlat rahbarlari sammit boşlanişidan oldinroq kelib, özaro suhbatlaşişga ulgurgan.
Fitso keçikişini jurnalistlarga soğliği bilan izohlagan. Uning aytişiça, közi bilan boğliq muammoni hal qilişi kerak bölgani uçun parvoz bir neça soatga keçiktirilgan.
Slovakiya Boş vaziri oktyabr oyi örtalarida ham Bryusselda bölib ötgan Yevropa Ittifoqi sammitini muddatidan oldin tark etgan edi. U Serbiyaning Novi-Sad şahriga borib, Aleksandr Vuçiçni qöllab-quvvatlaşga bağişlangan saylovoldi mitingida qatnaşgan.
“Denník N” naşrining yozişiça, Fitso yöqligida Yevropa Ittifoqidagi migratsiya, mudofaa va xavfsizlik masalalariga bağişlangan ayrim muhokamalarda Slovakiya nomidan Çexiya Boş vaziri Andrey Babiş iştirok etgan.
Yevropa Ittifoqining oliy darajadagi uçraşuvlarida qatnaşgan slovak diplomati davlat rahbarlari sammitlarni odatda faqat alohida sabablar tufayli muddatidan oldin tark etişini takidlagan.
“Davlat rahbarlari aksariyat hollarda sammitlarni muddatidan oldin faqat alohida sabablarga köra tark etadi. U yerdan şunçaki biror siyosiy miting uçun ketilmaydi”, degan diplomat.
Şuningdek, joriy yilning 10 noyabr kuni Fitso Germaniya kantsleri Fridrix Mertsning Ukrainaga yordam masalasidagi talablarini tanqid qilgan. Merts Yevropa Ittifoqining navbatdagi yetti yillik byudjetini tasdiqlaşni ittifoqning barça azolari Ukrainani moliyalaştirişda iştirok etişi şarti bilan boğlaşni taklif qilgan. Fitso buni “odatdagi şantaj” deb atagan.
Slovakiya Boş vaziri Kiyevga ajratilişi rejalaştirilgan 70 milliard yevrolik yangi kreditda mamlakati iştirok etmasligini bildirgan. Şuningdek, Bratislava ham Berlin kabi veto huquqiga ega ekanini takidlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Slovakiyada 25 mingga yaqin kişi Boş vazir Robert Fitso hukumati siyosati va uning Rossiya bilan aloqalariga qarşi namoyişga çiqqan edi.