Frantsiya iqtisodiyoti texnik tanazzulga yuz tutdi – WSJ
Frantsiya iqtisodiyoti uçinçi çorakda retsessiyaga kirdi. Ikkinçi çorakdagi kiçik pasayişdan söng mamlakat yalpi içki mahsuloti (YaIM) 0,2 foizga qisqardi. Bu haqda “Insee” milliy statistika agentligiga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Qayd etilişiça, iqtisodçilar ketma-ket ikki çorak davomida kuzatilgan salbiy ösişni retsessiya deb atagan. Pasayiş sabablaridan biri iyul oyidagi jazirama issiq bölib, u tufayli Airbus zavodlarining işi sekinlaşgan.
Kasaba uyuşmalari malumotlariga köra, Airbus tsexlaridagi harorat Tselsiy böyiça 40 darajadan oşib ketgan. Kompaniya A330 va A321 samolyotlarini işlab çiqarişni qisqartirgan va bu, Frantsiya rasmiylarining baholaşiça, mamlakatning umumiy eksportini 1,6 foizga tuşirib yuborgan. “Insee” iqtisodçisi Polin Meynzel içki xarajatlar ham kutilganidan sustroq bölganini takidlagan. U şunday deydi:
“Taşqi savdo qisqarmoqda, uçinçi çorakda içki talabning ösişi esa nolga teng”.
Pasayişni mahalliy investitsiyalarning kamayişi ham kuçaytirgan. Mart oyidagi munitsipal saylovlar oldidan merlar Marseldagi tramvay liniyasini 320 million yevroga uzaytiriş kabi yirik qurilişlarga mablağ yönaltirgan. Şu bois 2025 yilda mahalliy hokimiyat organlarining xarajatlari 3,4 foizga ösgan. Endi esa, Meynzelning sözlariga köra, merlar jamoalari qayta saylangan va jamoat işlariga kiritilayotgan mablağlar keskin pasayib ketgan.
Retsessiya hukumatning byudjet taqçilligini qisqartiriş rejalarini murakkablaştirmoqda. Vazirlar Mahkamasi kelgusi yili taqçillikni YaIMning 5 foizigaça tuşiriş uçun qariyb 50 milliard yevroni tejaşni taklif qilmoqda. Prognozlarga köra, joriy yilda u yevrozonadagi eng yuqori körsatkiç – YaIMning 5,5 foiziga yetadi. Davlat xarajatlari Frantsiya YaIMining taxminan 57 foizini taşkil etadi va ularning qisqartirilişi ösişni yanada kuçliroq sekinlaştiriş xavfini tuğdiradi. WSJ bahosiga köra, davlat xarajatlarining kamaytirilişi prezidentlik saylovlari oldidan saylovçilarning noroziligini kuçaytirişi va Marin Le Pen foydasiga xizmat qilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, joriy yilning oktyabr oyida Frantsiyani ommaviy norozilik namoyişlari qamrab olgan. IIV malumotlariga köra, 17 oktyabr kuni köçalarga 550 ming kişi çiqib, maktablar va şifoxonalar uçun mablağ ajratişni hamda iş haqini oşirişni talab qilgan. Hukumat esa, öz navbatida, tarixiy maksimumga – qariyb 3,6 trillion yevroga yoki YaIMning 119 foiziga yetgan davlat qarzining ösişini töxtatiş uçun xarajatlarni qisqartirişga urinmoqda.