Zelenskiy Qrim köprigini butunlay vayron qilişga buyruq berdi – “The Telegraph”
Ukraina Rossiya va Qrimni boğlovçi Qrim köprigiga yana hujum qilişga tayyorgarlik körmoqda. Prezident Vladimir Zelenskiy harbiy qömondonlarga köprikning qolgan qismini ham butunlay işdan çiqariş vazifasini qöygan. Bu haqda Kiyevdagi rasmiylarga tayanib, “The Telegraph” xabar berdi.
Harbiy manbalarning aytişiça, Zelenskiy köprikni butunlay vayron qilişni istamoqda. Şu maqsadda yangi zarbalar tayyorlanmoqda.
Joriy yilning 18 noyabr kuni Ukraina dronlari va qanotli raketalari Qrim köprigiga hujum qilgan edi. Zarba oqibatida avtomobil yölining bir qismi va uni uşlab turuvçi tayanç arka Kerç böğoziga qulab tuşgan. Bu Rossiyaning Qrimdagi qöşinlarini taminlaş imkoniyatini sezilarli darajada çeklagan.
Ukraina razvedkasi malumotlariga köra, mamlakatda işlab çiqarilgan “Neptun” raketalari köprikning temiryöl qismini ham jiddiy şikastlagan. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining juma kuni elon qilgan hisobotida esa köprikning avtomobil yöli harakatlaniş uçun yaroqsiz holga kelgani, biroq temiryölning bitta yöli hali ham işlayotgan bölişi mumkinligi aytilgan.
Naşrning yozişiça, köprikka qilingan hujum yetti bosqiçli operatsiya doirasida amalga oşirilgan. Unda 11 xil qurol tizimidan foydalanilgan. Dastlab Rossiya mudofaasi zaiflaştirilgan, şundan keyin köprikning öziga zarba berilgan.
“Neptun” raketa brigadasi hujumning dastlabki zarbalari berilganidan keyin operatsiyaga qöşilgan. Harbiylar raketalarni Ukrainaning janubiy sohilidagi oldindan tayyorlangan pozitsiyalardan uçirgan. Operatsiyada qatnaşgan manbaning aytişiça, raketalar köprikning temiryöl qismini nişonga olgan.
Ukraina harbiylari keyingi keçasi ham köprikka zarba bergan. Şundan söng uning temiryöl qismi zaiflaşgan. Operatsiya rejalaştiruvçilaridan biri hujum natijasi malum bölgan paytda harbiylar biroz pivo içganini aytgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 16 va 17 noyabr kunlari Qrim köprigi ketma-ket hujumga uçragan edi. 17 noyabr kuni hodisa ortidan Qrim va Rossiyaning Krasnodar ölkasida raketa xavfi elon qilinib, köprikda avtomobillar harakati töxtatilgan.