Mercedes xodimlariga işdan böşaş evaziga 422 ming yevrogaça pul taklif qildi
Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi işlab çiqarişdan taşqari sohalarda işlaydigan 30 mingdan ortiq xodimiga işdan ixtiyoriy ketiş evaziga 422 ming yevrogaça tovon puli taklif qilmoqda. Eng yuqori miqdordagi tölovni 2027 yilning mart oyi oxirigaça qaror qabul qilgan ayrim xodimlar olişi mumkin. Bu haqda “Bild” xabar berdi.
Qayd etilişiça, yangi kompensatsiya dasturi joriy yilning 1 dekabrdan 2027 yilning 30 sentyabrigaça davom etadi. Biroq 2027 yil mart oyi oxirigaça ariza bergan xodimlarga qöşimça bonus – “Turbo” ustamasi ham tölanadi.
Kompaniya taklifidan işlab çiqarişdan taşqari bölimlarda işlaydigan mutaxassislar, ustalar, guruh va bölim rahbarlari, şuningdek, bu safar ilk bor yuqori böğin rahbarlari ham foydalanişi mumkin. Buning uçun xodim 2026 yilning 1 dekabr holatiga köra kompaniyada kamida uç yildan ortiq işlagan bölişi kerak.
Hisob-kitoblarga köra, 52 yoşli muhandis “Turbo” bonusi bilan 422 ming yevrogaça tovon puli olişi mumkin. Qöşimça bonus hisobga olinmaganda, bu miqdor 340 ming yevrogaça yetadi. Mamuriy xodimlarga esa 253 ming yevrogaça tölov nazarda tutilgan.
Xodimlar Mercedes içki tizimidagi maxsus kalkulyator orqali qança tovon puli olişlari mumkinligini oldindan hisoblab körişi mumkin. Dekabr oyi boşidan ularga elektron poçta orqali aniq takliflar yuborilişi kutilmoqda.
Kompaniya bunday dasturga iqtisodiy vaziyatning yomonlaşgani, xususan, Xitoydagi savdo hajmining pasayişi sabab bölganini bildirgan. Boşqa hududlardagi tuşumlar bu pasayişni qoplay olmayapti.
Germaniyada xodimlar bandligini 2034 yilning oxirigaça kafolatlovçi kelişuv amal qilayotgani sababli Mercedes iş örinlarini odatiy tartibda qisqartira olmaydi. Şu bois kompaniya xodimlarni ixtiyoriy ravişda ketişga undaydigan moliyaviy takliflardan foydalanmoqda.
Malumot uçun, Mercedes-Benz 2025 yilda ham şunga öxşaş dastur orqali xodimlarga jami 1,6 milliard yevro tovon puli tölagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Microsoft kompaniyasi xarajatlarni kamaytiriş va suniy intellektga yönaltirilayotgan katta investitsiyalarni moliyalaştiriş maqsadida 60 mingga yaqin xodimiga ixtiyoriy ravişda işdan ketiş taklifini berayotgani haqida xabar berilgan edi.